Вояга етмаган маҳкумларга нисбатан озодликдан маҳрум қилиш жазосини ижро этиш тартибини тушунтиринг


Download 127.01 Kb.
bet14/21
Sana02.02.2023
Hajmi127.01 Kb.
#1146311
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
JIK6976969803

14-kazus.
2017 йил муддатли ҳарбий хизматни ўташга чақирилган Бойтураев шу йилнинг 20 июнь кунига қадар ўзининг резирвида бўлган Собировни мунтазам қийнаб, азоб бериб, соғлиғининг бўзилишига сабаб бўлган шикас етказганлиги Собировни санчастга мурожат қилиши натижасида аниқланган. Бойтураевнинг жиноят иши ҳудудий ҳарбий суд томонидан кўриб чиқилиб, Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 285 моддаси билан жиноят содир этганликда айбдор деб топилган ва унга нисбатан суд ҳукми билан интизомий қисмган юбориш жазоси тайинланган. Бойтураев Интизомий қисмда жазони ўтаётган, ахлоқи тузалаётганлар тоифасига киритилган. Бойтураев ҳарбий қисм командири томонидан қонунда белгиланган тартибда шартли равишда муддатидан илгари жазодан озод қилишга тақдим этилди. Бироқ суд тақдимномани рад этди.


Интизомий қисмга жунатиш жазосини ижро этиш тартибини муҳокама этинг.
Суднинг ҳаракатлари қонунийлигига баҳо беринг.
Ушбу ҳолат юзасидан мустақил фикрингизни билдиринг.

149-modda. Jazoni ijro etish tartibi
Intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazo O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining shunga maxsus mo‘ljallangan harbiy qismlari (intizomiy qism) tomonidan ijro etiladi.
Mahkumlarni intizomiy qismga jo‘natish va bu qismlarda qabul qilib olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jazoni intizomiy qismda o‘tash davrida barcha mahkumlar, harbiy unvonlari, lavozimlari va avvalgi xizmatlari xususiyatidan qat’i nazar, soldatlar (matroslar) holatida bo‘ladilar hamda belgilangan ko‘rinishdagi kiyimda yuradilar va tafovut belgilarini taqadilar.
Intizomiy qismda jazoni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar mahkumlar uchun ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan rejim talablariga rioya etishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida intizomiy qism to‘g‘risidagi
NIZOM
II bob.
MAHKUMLARNI INTIZOMIY QISMGA JO‘NATISh VA ULARNI QABUL QILISh TARTIBI

15. Intizomiy qismga jo‘natishga hukm qilingan shaxslar hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomida belgilangan tartibda gauptvaxtada saqlanadilar. Intizomiy qismda jazoni o‘tash muddati hukmda ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
16. Hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin mahkum intizomiy qismga jo‘natiladi. Qism komandiri qonuniy kuchga kirgan hukmni ijro etish to‘g‘risida suddan farmoyish olgandan keyin uch kun muddatda mahkumni soqchilar kuzatuvida intizomiy qismga jo‘natadi va hukm chiqargan sudga ma’lum qiladi.

Download 127.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling