Вояга етмаган маҳкумларга нисбатан озодликдан маҳрум қилиш жазосини ижро этиш тартибини тушунтиринг
Download 127.01 Kb.
|
JIK6976969803
- Bu sahifa navigatsiya:
- Вояга етмаган маҳкумларга нисбатан озодликдан маҳрум қилиш жазосини ижро этиш тартибини тушунтиринг . Жазони ижро этиш муассасаси
1-kazus. 2002 йил 14- февралда туғилган Абдисаломов Тошкент шаҳар Шайхонтохур тумани Чорсу массиви 4-уй 50-хонадонда акаси билан яшаб келиб, спиртли ичимликлар истеъмол қилишга ружу қўйиб, ўз оила аъзолари билан шу камчилиги юзасидан келишмовчиликда яшаб келган, 2017 йил 3-март куни тахминан соат 20.40 ларда ўз уйида маст ҳолатда бўла туриб, ўрталарида келиб чиққан ўзаро жанжал оқибатида, ўз акаси, 05.11.1987 йилда туғилган Ходжаевнинг кўкрак қафаси олди юзасининг ўнг томонига ошхона пичоғи билан уриб, ўз акасига жароҳат етказган. Олган тан жароҳати натижасида Ходжаев воқеа жойида вафот этган. Ушбу ҳаракатлари билан вояга етмаган Абдисаломов ЖКнинг 97-модда 1-қисмида кўрсатилган жиноятни содир этган. Суд Абдисаломовга 7 йил муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинлаган. Вояга етмаган Абдисаломов жазони ижро этиш колониясида тўсатдан жазавага тушиб қолган. Жазони ижро этиш колонияси ходимлари тиббий ходимлар билан биргаликда 3 соат мобайнида маҳкумга тинчлантириш кўйлагини кийдириб қўйишган. Вояга етмаган маҳкумларга нисбатан озодликдан маҳрум қилиш жазосини ижро этиш тартибини тушунтиринг. Жазони ижро этиш муассасаси маъмуриятининг ҳаракатлари қонунийлигига баҳо беринг. Ушбу ҳолат юзасидан мустақил фикрингизни билдиринг. 43. Tarbiya koloniyalari voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan mahkumlarni saqlashga mo‘ljallangan. 44. Tarbiya koloniyalarida: o‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan mahkumlar kattaroq yoshdagi mahkumlardan; birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlar ilgari ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni o‘tagan mahkumlardan alohida saqlanadilar. 45. Ijobiy tavsifga ega mahkumlar JIKning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkaziladi. 46. Tarbiya koloniyalarida mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. 47. Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yarim baravarigacha bo‘lgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. 48. Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida: olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv; o‘n ikki marta telefon orqali so‘zlashuv; oltita posilka yoki yo‘qlov; oltita banderol olish huquqiga ega. 49. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va tarbiya koloniyalarida qoldirilgan mahkumlarga voyaga yetmagan mahkumlar uchun belgilangan normalarda ovqat, ust-bosh, moddiy-maishiy ta’minot va boshqa jazo o‘tash sharoitlari tatbiq etiladi. Bu shaxslarning mehnat sharoitlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 50. Tarbiya koloniyalarida mahkumlar JIKning 102-moddasida nazarda tutilgan rag‘batlantirish choralaridan tashqari: JIEM hududidan tashqarida o‘tkaziladigan madaniy-tomosha va sport tadbirlarini ko‘rishga yuborish; qisqa muddatli uchrashuv o‘rniga ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki yaqin qarindoshlari kuzatuvida sakkiz soatgacha bo‘lgan muddatga erkinlikka chiqarish; hibsxonada bo‘lish muddatini qisqartirish va undan muddatidan ilgari ozod qilish tariqasida rag‘batlantirilishlari mumkin. 51. Jazoni o‘tash tartibini buzganligi uchun tarbiya koloniyalarida mahkumlarga JIKning 105-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari tomoshaga borishdan bir marta mahrum etish tariqasidagi jazo qo‘llanilishi mumkin. 52. Tarbiya koloniyasida hibsxonaga kiritib qo‘yish tariqasidagi intizomiy jazo o‘n uch yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan mahkumlarga yetti sutkagacha, o‘n olti va undan katta yoshdagi mahkumlarga esa o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga qo‘llaniladi. 53. Tarbiya koloniyasining hibsxonasiga kiritib qo‘yilgan mahkumlarning sayr qilish muddati sutkasiga ikki soat qilib belgilanadi. 54. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan mahkumlar, odatda, yigirma bir yoshga to‘lgunga qadar, tarbiya koloniyalarida qoldiriladi. 55. Mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish muassasa boshlig‘ining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori bilan amalga oshiriladi. 56. Mahkumlar yigirma bir yoshga to‘lganidan, salbiy tavsifga ega mahkumlar esa o‘n sakkiz yoshga to‘lganidan keyin jazo o‘tashni davom ettirish uchun tarbiya koloniyasidan umumiy tartibli koloniyaga o‘tkaziladi. 57. Jazo o‘tashni davom ettirish uchun mahkumlarni jazoni ijro etish koloniyasiga o‘tkazish masalalari sud tomonidan JPKning 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. Kazusimizda jazavaga tushgani uchun voyaga yetmaganga nisbatan 3 soat tinchlanturish kòylagi kiygizilgan. Jinoyat ijroiya kodeksining 70- moddasiga asosan Mahkumlarga nisbatan, agar ular jazavaga tushsalar, tinchlantiruvchi ko‘ylakni qo‘llashga yo‘l qo'yiladi. Tinchlantirish ko'ylagi tibbiy xodim ishtirokida qo‘llaniladi hamda uni qo‘llash muddati ikki soatdan oshmasligi kerak. Tinchlantirish ko'ylagi voyaga yetmagan mahkumlarga va mahkuma ayollarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Tinchlantirish ko'ylagi batamom ajratib qo'yilgan joyda (intizomiy bòlinmada yoki nazoratchining xonasida) faqat muassasa boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs kòrsatmasi asosida, tibbiyot xodimining ruxsati bilan va uning ko'zatuvi ostida qòllaniladi. Tibbiyot xodimi tibbiy kòrsatmalariga asosan tinchlantirish ko'ylagi qòllab bòlmasligi yoki bunday ko‘ylakni qòllashni to‘xtatish to'g'risidagi talabi darhol bajarilishi kerak. Tinchlantirish ko'ylagi qòllanilgan har bir hodisa haqida dalolatnoma to'ziladi, dalolatnoma muassasa boshlig‘i yoki uning 0‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Xulosa qilib aytganda jazoni ijro etish muassasasi màmuriyatining harakatlari noqonuniy hisoblanadi, voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan tinchlantirish kòylagi qòllanilmaydi. Download 127.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling