Вояга етмаган маҳкумларга нисбатан озодликдан маҳрум қилиш жазосини ижро этиш тартибини тушунтиринг


-modda. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tash shartlari


Download 127.01 Kb.
bet6/21
Sana02.02.2023
Hajmi127.01 Kb.
#1146311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
JIK6976969803

114-modda. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tash shartlari
Manzil-koloniyalarda mahkumlar:
soqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadilar;
ertalab o‘rindan turishdan kechki yotishgacha bo‘lgan vaqt mobaynida koloniya hududi doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar;
agar ular bajarayotgan ish yoki olayotgan ta’lim taqozo etsa, ma’muriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz yurishlari mumkin;
fuqarolar kiyadigan kiyimda yuradilar;
yonlarida pul va qimmatli buyumlar saqlashlari, puldan cheklanmagan holda foydalanishlari mumkin;
cheklanmagan miqdorda telefon orqali so‘zlashishlari, posilka, yo‘qlov va banderollar olishlari hamda jo‘natishlari mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobiga xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan va yo‘qlovlardagi mahsulotlardan mustaqil ravishda ovqat tayyorlashni amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 12-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Mahkumlar cheklanmagan miqdorda uchrashuv olish huquqiga ega. Uchrashuvlar, odatda, ishdan bo‘sh vaqtda beriladi. Uchrashuv mahkumning iltimosiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida o‘tkazilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 13-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).

Mahkumlar xonalarga bo‘lingan yotoqxonalarda yashaydilar. Saqlash rejimini buzmagan, oilasi bor mahkumlarga muassasa boshlig‘i qaroriga binoan manzil-koloniya hududida yoki undan tashqarida oilasi bilan alohida yashashga ruxsat berilishi mumkin. Bunday shaxslar ichki tartib qoidalarida belgilab qo‘yilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tish uchun hozir bo‘lishlari shart. Manzil-koloniya ma’muriyatining vakili mahkumlar yashayotgan joyga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.


LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 14-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Xulosa: manzil koloniyaga jo’natilishi to’g’ri hamda manzil koloniyada jik 114-modda bo’yicha fuqarolik kiyimida yuradilar. Ma’muriyatning harakatlari noto’g’ri.

6-kazus. В.га 2017 йил 26 сентябрь куни 2 йил муддатга озодликни чеклаш жазосини тайинлади ва унга соат 20:00 дан 08:00 гача ўз уйидан ташқарига чиқишни тақиқлаб қўйди. В. 2017 йил 12 октябрда синглисини тўйига чиқиб соат 22:30да уйига қайтиб келди. Жазони ижро этиш органи кузатув камераси орқали бу ҳолатни аниқлаб В.га яна бир марта тақиқланган вақтда уйида бўлмаса жазосини турини ўзгартириш ҳақида судга тақдимнома киритилиши ҳақида огоҳлантирди. Инспектор унга “ҳатто уйинг ёниб кетса ҳам тақиқланган вақтда ташқарига чиқмайсан” деб таъкидлади. Орадан 2 кун ўтиб соат 23:30 ларда В.нинг уйида ёнғин чиқди. В. уйда ёлғиз ўзи эди. Чироқ ўчиб қолган ва телефонини қувватини ҳам тугатиб қўйган эди. Инспекторнинг гапини эслаб ташқарига чиқа олмади. Одамлар ёнғинни аниқлаб тегишли идораларга хабар беришди. Натижада В. оғир тан жароҳати олди, уйи эса батамом ёниб кетди. Жазони ижро этиш инспекцияси В.ни доимий яшаш жойи йўқлиги сабаб жазони бошқа турига алмаштириш ҳақида тақдимнома киритди. Суд В.нинг жазосини ўталмай қолган қисмини озодликдан маҳрум қилиш жазосига алмаштирди.



Download 127.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling