Вояга етмаган маҳкумларга нисбатан озодликдан маҳрум қилиш жазосини ижро этиш тартибини тушунтиринг


Download 127.01 Kb.
bet21/21
Sana02.02.2023
Hajmi127.01 Kb.
#1146311
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
JIK6976969803

18-kazus
19-kazus. JK 11-modda. Kodeksning O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi
O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxs ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Qilmish:
a) O‘zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa;
b) O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa;
v) O‘zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududidan tashqarida yuz bergan bo‘lsa;
g) bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan bo‘lib, uning bir qismi O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa, O‘zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi yoki O‘zbekiston portida ro‘yxatga olingan havo, dengiz yoki daryo kemasida O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, chet el davlati hududi hisoblanmagan joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Amaldagi qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el fuqarolarining javobgarligi to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi sudlariga tegishli bo‘lmasa, ular O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan holda, xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi.

Fuqaroligi bo‘lmagan va chet el fuqarolari ham ozodlikdan mahrum qilinganida alohida, ajratilgan holda saqlanishlari lozim. Lekin bunday shaxslar ko‘pincha boshqa shaxslar bilan birga saqlanganliklarini ko‘rsak ham, lekin ularning huquqiy holatlari tamomila boshqacha tus olgan.


Mahkum chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
Mahkum chet el fuqarolari, shuningdek o‘z davlatlarining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan, O‘zbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik muassasalari bo‘lmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni o‘z zimmasiga olgan davlatning diplomatiya vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega.
Xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasi yoki turmada chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan mahkumlar xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilmaydilar.

Hukm qilingan chet el fuqarolar – hukm qilingan chet el fuqarolarining ozod etilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida biror-bir davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ozod etilganlik to‘g‘risidagi bildirish qog‘ozi jo‘natiladi.


O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi bo‘yicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs – O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi bo‘yicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ozod qilinayotganda jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkum ozodlikdan mahrum etilguniga qadar ro‘yxatga olingan joydagi ichki ishlar hududiy organining mamlakatga kirish, undan chiqish va ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanuvchi tegishli xizmatini xabardor qiladi.
Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
Ushbu holatda agar xalqaro shartnomalarda boshqacha holat nazarda tutilgan bo’lmasa, Aleksiyev O’zbekiston qonunchiligi bo’yicha jazoni ijro etadi va u jazoni ijro etish muassasalarida boshqalardan ajratilgan tartibda saqlanadi.
20-kazus
Download 127.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling