Вояга етмаган маҳкумларга нисбатан озодликдан маҳрум қилиш жазосини ижро этиш тартибини тушунтиринг


Download 127.01 Kb.
bet15/21
Sana02.02.2023
Hajmi127.01 Kb.
#1146311
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
JIK6976969803

JK ning 285-moddasiga ko’ra, bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish, ya’ni muntazam xo‘rlash, azob berish, sog‘liqning buzilishiga sabab bo‘lgan badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Kazusda Boyturayev tomonidan Sobirovni muntazam qiynab azob berib sog’ligiga shikast yetkazganligi aytib òtilgan, ushbu holatda sud tomonidan Boyturayevga JKning 285-moddasiga ko’ra intizomiy jazo chorasi to’g’ri qo’llanilgan.
Boyturayev intizomiy qismda jazoni o’tayotgan, axloqi tuzalayotganlar toifasiga kiritilganligi masalasiga to`xtalsak, JIK ning 157-moddasi ikkinchi qismiga ko`ra yaxshi xulq-atvori hamda mehnatga va harbiy xizmatga vijdonan munosabati uchun mahkumlar sud tomonidan tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o’taganlaridan so’ng, intizomiy qism komandirining buyrug’i bilan axloqan tuzalayotganlar qatoriga qo’shiladi. Demak, Boyturayev shu asosga ko’ra axloqan tuzalayotgan toifasiga kiritilgan.
JK 73-moddasida intizomiy qismga jo’natish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan ham jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo’llanilishi mumkinligi ko’rsatib o’tilgan. JIK ning 164-moddasi ikkinchi qismiga ko’ra, mahkum jazo muddatining Jinoyat kodeksi 73, 74, 89 va 90-moddalarida belgilangan qismini o’tab bo’lganidan so’ng bir oylik muddat ichida jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyati uni jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoning o’talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishga taqdim etish masalasini agar mahkum yoki uning advokati tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan bo’lsa ko’rib chiqishi hamda taqdim qilish yoki rad etish haqida qaror chiqarishi shart. Kazusimizda Boyturayev harbiy qism komandiri tomonidan shartli ravishda muddatidan ilgari jazodan ozod qilishga taqdim qilinganligi qonuniy hisoblanadi.
Sud taqdimnomani rad etganligi masalasiga to’xtaladigan bo’lsak, Sud qonunda nazarda tutilmagan asoslar, jumladan, oldingi jinoyatlari uchun sudlanganlik holati mavjudligi, tayinlangan jazo yengilligi, mahkum aybiga iqror emasligi, muayyan jazoni ijro etish muassasasida qisqa vaqt mobaynida bo‘lganligi va h.k. bo‘yicha jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishni rad etishga haqli emas. (JAZONI O‘TASHDAN MUDDATIDAN ILGARI OZOD QILISH VA JAZONI YENGILROG‘I BILAN ALMASHTIRISH BO‘YICHA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA Oliy sud plenumi 7-bandi)
Ushbu holatda sudning taqdimonomani rad etganligi tufayli sudga Boyturayeving ishi bo’yicha JIK 164-moddasiga asosan takroran taqdimnoma kiritish mumkin
15-kazus
2017 йилда Самарқанд ҳарбий округида ўзининг қумондонлик важзифасини амалга ошираётган генерал-майор Солиев ўз хизмат мавқеини суиистимол қилиб яъни, Бошлиқ ёки бошқа мансабдор шахснинг ўз ҳокимият ёки хизмат мавқеини суиистеъмол қилиши, ҳокимият ёки хизмат ваколати доирасидан четга чиқиши, шунингдек, ҳокимият ҳаракатсизлиги Қуролли Кучларнинг манфаатларига, ҳарбий хизматчи ёки бошқа фуқароларнинг ҳуқуқлари ёки қонун билан қўриқланадиган манфаатларига кўп миқдорда зарар ёки жиддий зиён етказилишига сабаб бўлса, деб назарда тутилган Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 301 моддаси билан жиноят содир этган. Суд ЖК 301-моддаси 1-қисмида назарда тутилган жиноятни содир этган Солиевга унинг содир этган жиноятига жазо тайинлаш пайтида қўшимча жазо тариқасида уни генерал-майор ҳарбий унвонидан маҳрум қилди.



Download 127.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling