Вояга етмаган маҳкумларга нисбатан озодликдан маҳрум қилиш жазосини ижро этиш тартибини тушунтиринг
Умумий тартибли колониясида ажазони ижро қилиш тартибини муҳокама этинг
Download 127.01 Kb.
|
JIK6976969803
Умумий тартибли колониясида ажазони ижро қилиш тартибини муҳокама этинг.
Суднинг ҳаракатлари қонунийлигига баҳо беринг. Ушбу ҳолат юзасидан мустақил фикрингизни билдиринг. Javob jik 104, 2495nizomning 432-bandi. Mazkur kazusga yechim berishda biz avvalambor umumiy tartibli koloniyalarda jazoni ijro etish tartibiga to’xtalib o’tadigan bolsak, Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; *og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, JIKning 48-moddasida ko‘rsatilgan ayollar bundan mustasno. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; JIKning 129-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarbiya koloniyalaridan o‘tkazilgan mahkumlar; sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida o‘tkazilgan mahkumlar; qasddan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar; (20-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 6-iyuldagi 109-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2495-1, 15.07.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 28-son, 378-modda) Oldingi tahrirga qarang. rag‘batlantirish tarzida yoki sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o‘taganidan keyin turmalardan o‘tkazilgan mahkumlar o‘taydi. Ushbu kazusda sud Javatovga nisbatan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Ushbu jazoni u 4 yilini turmada, 6 yilini esa umumiy tartibli koloniyada o’tashi kerakligini aytib o’tgan. Biroq Javatovning ota onasining yozma arizasiga ko’ra, jazo tayinlanandan bir yildan so’ng, umimiy tartibli koloniyaga o’tkazilgan. Mazkur kazusdagi sudning harakatlariga huquqiy jihatdan baho beradigan bo’lsak, ushbu holatda sudning harakatlarini noqonuniy deb hisoblaymiz. Chunki Jinoyat ijroiya kodeksining 104-moddasiga muvofiq quyidagi mazmundagi holat keltirilgan. Mahkumlar turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga va maxsus tartibli koloniyadan qattiq tartibli koloniyaga sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini o‘taganlaridan keyin, Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida (537-modda. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitini jazoni o‘tash vaqtida o‘zgartirish. Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga va koloniyadan turmaga o‘tkazish jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining taqdimnomasiga binoan, shuningdek mahkumning yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga ko‘ra sudya tomonidan amalga oshiriladi) nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladi. Yuqoridagi holatdan kelib chiqib shuni aytolishimiz mumkinki, Javatovga turma tarzidagi jazo 4 yil berilgan. Ammo ota onasining yozma arizasiga binoan, bir yildan so’ng umumiy tartibli koloniyaga o’tkaziladi. Mazkur holat esa JIK normalariga zid holat hisoblanadi. chunki u 4 yilni yarmini , ya`ni ikki yilini o’tab bo’lgani yo’q. Mazkur holatdan shu narsa aniqki, sudning harakatlari JIK normalariga izd holat hisoblanadi. Download 127.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling