Вояга етмаган маҳкумларга нисбатан озодликдан маҳрум қилиш жазосини ижро этиш тартибини тушунтиринг
Узоқ муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазосини
Download 127.01 Kb.
|
JIK6976969803
- Bu sahifa navigatsiya:
- Хизмат бўйича чеклаш жазосини ижро этиш тартибини муҳокама этинг. Суднинг ҳаракатлари қонунийлигига баҳо беринг.
- pul ta`minotining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha
- JIK ning 141-moddasiga
Узоқ муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазосини ижро этиш тартибини муҳокама этинг.
Суднинг ҳаракатлари қонунийлигига баҳо беринг. Ушбу ҳолат юзасидан мустақил фикрингизни билдиринг. Jk 50ning ichida uzoq muddatli ozodmahrqilish tushunchasi bor. Jik IV bo’lim. Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori. 12-bandi, Javob: biziki maxsus koloniyaga tushadi. 139ga ko’ra odatdagi saqlash sharoitidan qattiq sharoitga o’tkazilsa bo’ladi. 13-kazus. 2017 йилда шартнома асосида Рашидов харбий хизматни ўтай бошлаган. Рашидов Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 291 моддасида назарда тутилган яъни, Рашидов Қоровул (соқчилик) хизмати устав қоидаларини қоровул таркибига кира туриб, ўзи томонидан зарарли оқибатлар келтириб чиқарадиган тарзда бузиб, Рашидов бундай оқибатларнинг олдини олиш учун тайинланган бўлишига қарамасдан ушбу қоидага амал қилмаган. Рашидовнинг иши ҳудудий ҳарбий суд томонидан кўриб чиқилиб унга нисбатан хизмат бўйича чеклаш жазоси тайинланган. Хизмат бўйича чеклаш тўғрисидаги ҳукмнинг ижро этилганлиги тўғрисида ҳарбий қисм командири ҳукм чиқарган судга 10 кун ичида хабар берди. Суд унга муддатни бузганлиги учун эътироз билдирди. Командир эса, ҳарбий қисмда озроқ нотинчлик бўлганлигини важ қилиб кўрсатди. Хизмат бўйича чеклаш жазосини ижро этиш тартибини муҳокама этинг. Суднинг ҳаракатлари қонунийлигига баҳо беринг. Ушбу ҳолат юзасидан мустақил фикрингизни билдиринг. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining yettinchi bo‘limi 279-302 moddalarida harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Jinoyat qonunida ushbu jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilishi, o‘z navbatida ularga alohida jazo choralarini tayinlashni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 47-moddasi xizmat bo‘yicha cheklash va 49-moddasi intizomiy qismga jo‘natish jazolarini nazarda tutadi. Harbiy xizmatni o’tayotgan shaxslarga nisbatan xizmat bo’yicha cheklash tariqasidagi jazoni tayinlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 47-moddasida belgilab berilgan. Ushbu modda mazmuniga muvofiq, xizmat bo’yicha cheklash faqatgina shartnoma bo’yicha harbiy xizmatni o’tayotgan, ya’ni harbiy xizmatni o’z kasbi sifatida tanlagan harbiylarga nisbatan qo’llaniladi. Ushbu modda mazmuniga ko’ra, xizmat bo‘yicha cheklash –harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchini sud hukmida ko‘rsatilgan muddat davomida muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, pul ta`minotining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha bo‘lgan miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iboratdir. Mazkur jazo ikki oydan uch yilgacha muddatga qo’llaniladi. Demak yuqoridagi holatda ham Rashidov xarbiy xizmatni shartnoma asosida o’tayotgan vaqtida jinoyat sodir etgan. Shuningdek JK 291- moddasida belgilangan sanksiya ham to’g’ri qo’llanilgan. Jinoyat ijroiya kodeksi bo’yicha ushbu jazo turini ijro etish tartibini ko’rib chiqamiz. JIK ning 141-moddasiga ko’ra xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazo ijrosini mahkum harbiy xizmat o‘tayotgan joydagi komandir (boshliq) amalga oshiradi. Komandir (boshliq) hukm nusxasini va sud farmoyishini olganidan keyin uch kun ichida quyidagilarni ko‘rsatgan holda buyruq chiqaradi: mahkum harbiy xizmatchini lavozim va harbiy unvonda ko‘tarishga taqdim etmaslik asosi va muddati; harbiy xizmatchiga navbatdagi harbiy unvon berish hamda pensiya tayinlash uchun uning xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanmaydigan vaqt; mahkumning pul ta’minotidan davlat foydasiga o‘tkaziladigan chegirma miqdori. Komandir (boshliq) buyrug‘i mahkum harbiy xizmatchi e’tiboriga yetkaziladi va uning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga hukm nusxasi bilan birgalikda qo‘shib qo‘yiladi. Komandir (boshliq) hukm ijro etilganligi haqida hukm chiqargan sudga uch kunlik muddat ichida xabar beradi. Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazoni o‘tash muddati hukmni ijro etish to‘g‘risida buyruq chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Xizmat bo‘yicha cheklash muddati tugashidan kamida uch kun oldin komandir (boshliq) jazo ijrosi tugatiladigan sanani ko‘rsatib buyruq chiqaradi. Buyruq nusxasi hukm chiqargan sudga yuboriladi. Mening fikrimcha, yuqoridagi holatdan shu ma’lumki, sudning e’tirozi o’rinli, chunki komandir sudga jazo ijro etilganligini muddat o’tib ketgandan so’ng yetkizmoqda. Bu bilan JIK da belgilangan normani buzmoqda. Bundan tashqari komandir harbiy qismda ozroq notinchlik bo'lganligini vaj qilib ko'rsatgan. Agarda kechiktirib bo’lmaydigan hodisa yuz berishi natijasida hukmninng ijro etilganini sudga vaqtida yetkiza olmagan bo’lsa, uzrli sabab deb olishimiz mumkin edi. Download 127.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling