Возможности программы ispring suite


Download 15.33 Kb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi15.33 Kb.
#1633117
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pul - kredit siyosati

Inventarizatsiya o'tkazish rejasida har bir moddiy javobgar shaxs faoliyati o'z ifodasini topishi kerak. Reja tasdiqlangandan keyin u faqat bosh hisobchida saqlanadi va boshqa xodimlardan sir tutiladi. Inventarizatsiya o'tkaziladigan obyektning muddati kelganda bosh hisobchi bu to'g'rida tashkilot rahbariga axborot berib, inventarizatsiya o'tkazish to'g'risida farmoyish tayyorlaydi.

Inventarizatsiya o'tkazish ishlarini rejalashtirish, ish faoliyatining samaradorligini oshirishga yordam beradi, tovar va moddiy qiymatliklar holati bo'yicha hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilishini ta'minlaydi.

Inventarizatsiya o'tkazish ishlarini rejalashtirish, ish faoliyatining samaradorligini oshirishga yordam beradi, tovar va moddiy qiymatliklar holati bo'yicha hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilishini ta'minlaydi.

Inventarizatsiya o'tkazish rejasining bajarilishi ustidan nazorat bosh hisobchi zimmasiga yuklatilgandir.

Inventarizatsiya o'tkazish rejasida buxgalteriya hisobi, hisoboti va balans muddatlarining to'g'riligini ta'minlash maqsadida yillik inventarizatsiya o'tkazish ishlari ham o'z ifodasini topadi.

Inventarizatsiya o'tkazish to'g'risida tuzilgan yillik rejada oldingi o'tkazilgan inventarizatsiya davri, hisobot yilida o'tkaziladigan inventarizatsiya muddati, komissiya a'zolarining ismi, familiyasi ko'rsatiladi.

Mulk shaklidan qat'iy nazar, korxona va tashkilotlar o'zlariga taalluqli bo'lgan mablag'lar holatini, ularning to'liqligini aniqlash maqsadida yillik buxgalteriya hisoboti va balansini topshirishdan oldin to'liq inventarizatsiya o'tkazishlari kerak. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masining 1994-yil 26.03.164-sonli „O'zbekiston Respub-likasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to'g'risidagi Nizomini tasdiqlash hamda buxgalteriya hisob-schotlar tizimini takomillashtirish haqida" gi qarorida ko'rsatilganidir. Inventarizatsiya o'tkazish yordamida tegishli hisobdor shaxs zimmasida tovar va moddiy boyliklar son va sifat jihatdan o'rganilib, pul ifodasida hisob-kitob qilinadi va natijalari aniqlanadi. Yuqoridagi qarorga asosan: quyidagi hollarda ashyoviy ro'yxat (inventarizatsiya) dan o'tkazish majburiydir: mulkni ijaraga berishda va davlat tasarrufidan chiqarishda; yillik buxgalteriya liisobotini tuzish oldidan, hisob yilining birinclii oktabridan so'ng ro'yxatdan o'tkazilgan mulk bundan mustasnodir. Binolar, inshootlar va asosiy vositalarning boshqa ko'chma obyektlari, ashyoviy ro'yxatdan ikki-uch yilda bir marta o'tkazilishi mumkin. Pul mablag'lari, hujjatlari, boyliklar va qat'iy hisobda turadigan rasmiy ish qog'ozlari oyda bir marta inventarizatsiya qilinadi. Наг bir tarmoq o'z xususiyatlarini hisobga olib, tarmoq ichida inventarizatsiya o'tkazish to'g'risida yo'riqnomalar ishlab chiqishi mumkin.


Download 15.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling