Vunderkindlar


II. O`tgan mavzuni so`rab baholash


Download 47.98 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi47.98 Kb.
#1610658
1   2   3   4
Bog'liq
4-sinf Ona tili va o\'qish savodxonligi fanidan ochiq dars ishlanma. Vunderkindlar

II. O`tgan mavzuni so`rab baholash: Otilgan mavzu yuasidan savol-javob o`tkazish.

III.Yangi mavzuning bayoni: VUNDERKINDLAR

Kattalarni-da qoyil qoldirayotgan vunderkind bolalarning aql bovar


qilmas qobiliyatlaridan hayratlanmay iloj yo‘q.
Akim Kamara 2000-yili Berlinda tug‘ilgan. Uning nihoyatda g‘aroyib
musiqiy xotirasi bor. U eshitgan barcha ohanglarni, hatto, go‘dakligida
qulog‘iga kirgan kuylarni ham sira unutmaydi. Akim ikki yoshidan skripka
chala boshlagan. U uch yoshida, yangi yil konsertida, birinchi marta katta
sahnaga chiqdi. Akim o‘shanda jahonga mashhur skripkachi Andre Re
bilan birga kuy ijro etgan.
2009-yili Buyuk Britaniyaning Solixall shahridagi “Iste’dodli bolalar
markazi” mutaxassislari AQShda tug‘ilgan 2 yoshli Oskar Rigli ismli
bolakayni dunyodagi eng aqlli bola deb topdi. Bolakayning noyob
qobiliyati shundaki, uning miyasida katta lug‘at zahirasi bo‘lib, o‘z aqli
bilan olimlarni ham hayratga soldi. Bir qator tekshiruvlardan so‘ng
mutaxassislar bolaning “IQ” koeffitsiyenti 160 ballga teng ekanini aniqladi.
Tasavvur qiling-a, bolakayning aqliy darajasi mashhur olim Albert
Eynshteynniki bilan teng bo‘lib chiqdi! Shundan so‘ng 2 yoshli Oskar
dunyodagi eng aqlli bola sifatida “Ginnes Jahon rekordlari” kitobiga kirdi.
Hindistonda matematik sonlarni hammadan tez hisoblaydigan qiz
yashaydi. Uning ismi Priyanshi Somani. 1998-yili tug‘ilgan Somani sakkiz
xonali sonlar ustida bajariladigan murakkab amallarni ham miyasida bir
necha soniyalarda hisoblaydi. Qizcha og‘zaki hisoblashni 6 yoshidayoq
boshlagan. 11 yoshida esa “Aqliy hisoblash jahon tanlovi”da ishtirok etib,
16 mamlakatdan kelgan 36 raqobatchi orasida birinchi o‘rinni qo‘lga
kiritdi. U o‘ndan olti xonaligacha bo‘lgan sonlarning kvadrat ildizini 6
daqiqa-yu 51 soniyada chiqarib, qatnashchilar orasida rekord o‘rnatdi.
Shu bilan birga, tanlov tarixida kvadrat ildizlarni qo‘shish, ko‘paytirish va
bo‘lishda birorta ham xatoga yo‘l qo‘ymagan yagona ishtirokchidir.

Download 47.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling