Web dasturlash asoslari fanidan tayyorlagan


Sport klubi quyidagi huquqlarga ega


Download 331.91 Kb.
bet3/6
Sana23.12.2022
Hajmi331.91 Kb.
#1047797
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xudoyberganov Shohrux

Sport klubi quyidagi huquqlarga ega:
o‘z a’zolari va qatnashchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;sport klubi tuzilgan hududda jismoniy tarbiya va sport masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga takliflar kiritish;davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish;o‘z muassisining Nizomida belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish;o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazish;belgilangan tartibda pullik sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish.Sport klubi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Sport klubi quyidagilarga majbur:
qonun hujjatlari va ta’sis hujjatlariga rioya etish;o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanish, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi axborot bilan klub a’zolarining tanishishi erkinligini ta’minlash;ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan tadbirlar o‘tkazishni kelishib olish va uning vakiliga o‘tkazilayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berish;sport klubi vakillarining chet mamlakatlarga sport klubining faoliyati bilan bog‘liq tashriflari uyushtirilishi haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni o‘z vaqtida xabardor qilish.Sport klubiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
SPORTCHINING MAJBURIYATLARI:

Sportchining asosiy vazifasi - dopingga yoʻq deb aytish!
Antidoping qoidalarini bilish va ularga rioya qilish;

  1. Har qanday vaqtda doping-test olish uchun tayyor boʻlish;

  2. Dopingga qarshi kontekstda nima iste’mol qilayotgani va qoʻllayotganligi uchun javobgar boʻlishini bilish;

  3. Tibbiyot xodimlarini taqiqlangan moddalar va taqiqlangan usullardan foydalanmaslik majburiyatlari toʻgʻrisida xabardor qilish, ularga koʻrsatiladigan har qanday tibbiy yordam antidoping siyosati va milliy antidoping qoidalariga muvofiq qabul qilingan mahalliy qoidalarga zid kelmasligi uchun javobgar boʻlishlarini bilish;

  4. Antidoping qoidalari buzilishini tekshirishda OʻzMADA bilan hamkorlik qilish.

  5. Antidoping qoidalari buzilishini tekshirishda OʻzMADA bilan hamkorlik qilish.

Butunjahon antidoping kodeksiga koʻra, sportchilar o’z organizmida taqiqlangan moddalar mavjudligi uchun qat’iy javobgar. Shuning uchun sportchilar dori-darmonlarni va ayniqsa biologik faol qoʻshimchalarni (parhez qoʻshimchalarini) qabul qilishda juda ehtiyot boʻlishlari kerak, chunki ular tarkibida taqiqlangan moddalar boʻlishi,mumkin. Antidoping qoidalarini bilish va ularga rioya qilish;Sportchilar uchun sinov dasturlarini amalga oshirishda hamkorlik qilish;Dopingga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish uchun sportchiga, uning qarashlariga va xatti-harakatlariga ta’sir etish;Antidoping qoidalari buzilishini tekshirishda Antidoping tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;Sportchilarni qoʻllab-quvvatlovchi xodimlar biron-bir taqiqlangan moddani yoki taqiqlangan usulni hech qanday sababsiz ishlatmasligi yoki egallamasligi kerak.

Download 331.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling