Web dasturlash asoslari fanidan tayyorlagan


Download 331.91 Kb.
bet2/6
Sana23.12.2022
Hajmi331.91 Kb.
#1047797
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xudoyberganov Shohrux

HTML va CSS


HTML va CSS veb sahifalar asosini tashkil qiladi. HTML saytda aynan nimalar joylashishi kerakligiga mas’ul bo‘lsa (matn, rasm, video), CSSda ularning qaysi tartibda joylashuvi va qanday ko‘rinishda bo‘lishi yozib chiqiladi. Sayt foydalanuvchilarga ko‘rinadigan elementlar HTML va CSSda tuzilgani uchun bu ikkisisiz sayt tuzib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham frontend sohasini o‘rganish aynan shu texnologiyalardan boshlanadi. Bularda bor imkoniyatlarga qo‘shimchalar va yangiliklar qo‘shilib, HTML5 va CSS3 standardlari ishlab chiqilgan.

JavaScript va jQuery


JavaScript ham yuqorida aytib o‘tilgan texnologiyalar kabi frontend dasturlashning ajralmas qismidir. JavaScript brauzerlarda ishlovchi dasturlash tili bo‘lib, u yordamida veb sahifaga interfaollik imkoniyatini berish mumkin bo‘ladi. Misol uchun biron tugma bosilganda yoki foydalanuvchi saytning biror qismiga kelganda yangi oyna ochilishi yoki biron xabar ko‘rinishi. Birmuncha vaqt oldin sayt elementlariga interfaollik qo‘shishda JavaScriptning o‘zidan foydalanish dasturchi uchun nisbatan qiyin bo‘lgan, ba’zi vazifalarni bajarishning imkoni bo‘lmagan. O‘sha vaqtda jQuery kutubxonasi tuzilgan bo‘lib, u yordamida dasturchi JavaScript tilida mavjud bo‘lmagan imkoniyatlardan qulay yo‘l bilan foydalana olgan. Hozirgi kunda JavaScriptda jQuery kutubxonasi kiritgan yangiliklar tatbiq qilingan bo‘lsada, dasturchilar jQueryni ishlatishni tashlab qo‘yishgani yo‘q.

    1. Asosiy qism:

Sport klubining maqsadi davlat ta’lim muassasalarining o‘quvchilari, talabalari, pedagog va boshqa xodimlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘quvchilar va talabalarning ta’lim olishdan tashqari sport ta’limi tizimini yanada takomillashtirish orqali iste’dodli yoshlarni saralab olishdan iborat.
Sport klubining vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha jamoalar tashkil etish, ular o‘rtasida turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, xususan “maktab ligasi”, “talabalar ligasi” tashkil etish orqali iste’dodli yosh sportchilarni aniqlash;
umumta’lim maktablarida — o‘quvchilar orasidan jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini jalb qilgan holda iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda bolalar-o‘smirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari bo‘yicha haftasiga kamida 4 soatdan sinfdan tashqari sport to‘garaklari mashg‘ulotlarini tashkil etish;
Oliy ta’lim muassasalarida — iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar hamda respublika oliy sport mahorati maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari bo‘yicha haftasiga kamida 6 soatdan sport to‘garaklari mashg‘ulotlarini tashkil etish;
jismoniy tarbiya va sport jarayoniga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilg‘or tajribani joriy qilish.

Download 331.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling