Web dasturlash asoslari fanidan tayyorlagan


Sport klubi faoliyatini tashkil etish


Download 331.91 Kb.
bet5/6
Sana23.12.2022
Hajmi331.91 Kb.
#1047797
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xudoyberganov Shohrux

1.2 Sport klubi faoliyatini tashkil etish:
Sport klubini tashkil etish uchun davlat ta’lim muassasasining sport inshooti (sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq mashg‘ulotlari va o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, o‘ziga qo‘yiladigan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega bo‘lgan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot) mavjud bo‘lishi, shuningdek, zarur sport anjomlari va uskunalar bilan ta’minlanishi lozim.Sport klubi davlat ta’lim muassasasining sport inshootlarida darsdan tashqari vaqtlarda tekinga foydalanadi. Sport klubi rahbarligiga jamoatchilik asosida davlat ta’lim muassasasi rahbari (direktor, rektor) saylanishi mumkin.Sport klubi faoliyati samaradorligini oshirishga sport klubi tashkil etilgan davlat ta’lim muassasasi rahbari bevosita javobgardir. Sport klubida sport to‘garagi ishlari sport klubi tashkil etilgan davlat ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari (yo‘riqchilari) tomonidan jamoatchilik asosida olib borilishi, sport to‘garagi ishlarini samarali tashkil etgan davlat ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari (yo‘riqchilari) sport klubi rahbari tomonidan klub mablag‘lari hisobiga moddiy rag‘batlantirilishi mumkin.
Sport klubidagi sport to‘garagi ishlari davlat ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining pedagogik yuklamalaridan o‘rin olgan soatlar hamda davlat ta’lim muassasasi ixtiyoridagi soatlar hisobiga amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari (yo‘riqchilari) yillik ish rejalari, pedagogik yuklamalari soatlarini belgilash va tasdiqlashda sport to‘garagi ishlari, sport tadbirlari hamda o‘quvchilar bilan ishlash nazarda tutilgan bo‘lishi zarur.
Sport klubi tomonidan o‘quv yilining boshlangan (sentyabr) oyida ushbu o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi ishlab chiqiladi. Ushbu kalendar reja tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari bilan kelishgan holda sport klubi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.Sport klubi o‘z a’zolarining talablariga ko‘ra sport turlari bo‘yicha trener jalb qilgan xolda pullik sport to‘garaklari tashkil etishi mumkin.

Download 331.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling