Web dasturlashga kirish fanidan


Download 145.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi145.68 Kb.
#1596610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3Mavzu mustaqil ish

Oddiy namunalar 
JavaScriptda oʻzgaruvchilarni var, let yoki const kalitsoʻzlari orqali qoʻying. 
var
x;
// declares the variable x and assigns to it the special value „undefined“ 
(not to be confused with an undefined value)
var
y
=
2
;
// declares the variable y and assigns to it the value 2
var
z
=
"Hello, World!"
;
// declares the variable z and assigns to it a string 
containing „Hello, World!“
console.log(„Hello
World
!
“); 
function
factorial(n)

if
(n
===
0

return
1
;
// 0! = 1
return
n
*
factorial(n
-
1
); 

factorial(
3
);
// returns 6
function
counter()

let
count
=
0

return
function
()

return
++
count; 
}; 

let
closure
=
counter(); 
closure();
// returns 1
closure();
// returns 2


closure();
// returns 3
JavaScript O'zgaruvchilar 
JavaScript dasturlash tilida o'zgaruvchilarni e'lon qilishning 4 xil usuli 
bor bo'lib quyidagilar kiradi. 
 
var 
 
let 
 
const 
 
hech narsa ishlatmasdan
O'zgaruvchilar nima? 
O'zgaruvchilar - bu ma'lumotlarni saqlash uchun konteynerlar 
(ma'lumotlar qiymatlarini saqlash). Ushbu misolda, 
x

y
va 
z

o'zgaruvchilar bo'lib, ular 
var 
kalit so'z bilan e'lon qilinadi 
var x
= 5; 
var y
= 6; 
var z
= x + y; 
Ushbu misolni let kalit so'zi bilan e'lon qilishga misol keltiramiz
let
x

5

let
y

6

let
z
= x + y; 
Ushbu misolda, 
x

y
va 
z
, e'lon qilinmagan o'zgaruvchilar: 
x

5
;
y

6
;
z
= x + y
;
JavaScript da const ni qachon foydalanish kerak? 
Kod yozish jarayonida umumiy qoida bo'lishini hohlasangiz ushbu 
holatda siz const kalit so'zi bilan o'zgaruvchini e'lon qilsangiz bo'ladi. 


Bunda o'zgaruvchini o'zgartirib bo'lmaydi. Misol uchun PI ni qiymati 
o'zgarmas bo'lib uni const bilan e'lon qilishimiz mumkin. 
const
PI = 
3
.
14

JavaScript da var ni qachon ishlatish kerak? 
Har doim JavaScript o'zgaruvchilarini var va let yoki const bilan e'lon 
qiling. var kalit so'zi 1995 yildan 2015 yilgacha barcha JavaScript 
kodlarida qo'llaniladi. let kalit so'zi 2015 yildan boshlab JavaScript 
kodlarida qo'llaniladi. Agar siz eski browser ishlatsangiz u holda var 
kalit so'zidan foydalanishingiz zarur bo'ladi.
JavaScriptda o‘zgaruvchilarga hech qanday tip biriktirilmaydi. Biron-bir tipdaqi 
qiymatni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘zgaruvchiga boshqa tipdagi qiymatni bersangiz 
hech qanday xatolik yuz bermaydi va o‘zgaruchi yangi tipni o‘zlashtirib oladi. 
Shuning uchun JavaScriptni ba’zida tipizatsiyaga ega emas deyishadi. Ammo bu 
mutlaqo noto‘g‘ri, JavaScript tipizatsiyaga ega va u “dinamik tipizatsiya” qoidalari 
asosida ishlaydi. 
O‘zgaruvchidan foydalanish uchun uni avval e’lon qilish kerak. JavaScriptda buni 3 
xil usulda amalga oshirish mumkin: var, let yoki const kalit so‘zlari orqali. 
Bularning har biri turli maqsadlarda ishlatiladi. 
var orqali e’lon qilish 
ES2015 gacha var o‘zgaruchini e’lon qilishning yagona yo‘li bo‘lgan. 
var a = 0 
Agar var so‘zini qo‘yishni unutsangiz, siz e’lon qilinmagan o‘zgaruvchiga qiymat 
berayotgan bo‘lasiz va natija siz kutgandek bo‘lmaydi. Zamonaviy muhitlarda 
yoki strict rejimi yoqilgan bo‘lsa, yuqoridagi holatda xatolik yuz beradi. Eski 
muhitlarda (yoki strict rejimi o‘chirilgan bo‘lsa), o‘zgaruvchini initsializatsiya 


qiladi va global obyektga biriktirib qo‘yadi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun, 
initsializatsiya — o‘zgaruvchiga dastlabki qiymatni o‘zashtirish jarayoni. 
o‘zgaruvchini e’lon qilganda uni initsializatsiya qilmasangiz, u undefined qiymatini 
o‘zlashtiradi va unga yangi qiymat bermaguningizcha bu holatni saqlab turadi. 
var a // typeof a === ‘undefined’ 
Bir o‘zgaruvchini bir necha marta e’lon qilishingiz mumkin, bunda oldingisi inkor 
qilinadi: 
var a = 1 
var a = 2 
Bir qatorda bir nechta o‘zgaruvchilarni e’lon qilishingiz ham mumkin: 
var a = 1, b = 2 
Dasturlashda “scope” tushunchasi mavjud, o‘zbek tiliga ko‘rinish sohasi deb 
tarjima qilsak bo‘ladi (IMHO). Ko‘rinish sohasi deganda o‘zgaruvchi ko‘rinadigan 
va foydalansa bo‘ladigan dastur qismi tushuniladi. 
Funksiyadan tashqarida var orqali e’lon qilingan o‘zgaruvchi global obyektga 
biriktiriladi va global ko‘rinish sohasiga ega bo‘ladi. Bunday o‘zgaruvchidan 
dasturning istalgan qismida foydalanishingiz mumkin. Agar var orqali funksiya 
ichida e’lon qilsangiz, o‘zgaruvchi funksiyaga biriktirladi va u faqat funksiya ichida 
ishlaydi, funksiya parametri kabi. 
Agar funksiya ichida global obyektdagi o‘zgaruvchi bilan bir xil nomdagi 
o‘zgaruvchi e’lon qilsangiz, funksiya ichidagi ustunlikka ega bo‘ladi va global 
o‘zgaruvchini inkor qilib yuboradi. 
Shuni ta’kidlash muhimki, { } qavslar bilan ajratilgan blok yaratganiz bilan 
ko‘rinish sohasi (scope) yaratilmaydi. Funksiya yaratganingizdagina ko‘rinish 


sohasi yaratiladi, chunki var blok ko‘rinish sohasiga ega emas, balki funksiyaviy 
ko‘rinish sohaga ega. 
Funksiya ichida e’lon qilingan o‘zgaruvchi funksiya bo‘ylab istalgan joyda 
ishlatilishi mumkin. Hattoki, funksiya ohirida e’lon qilsangiz ham funksiya boshida 
undan foydalanish mumkin, chunki JavaScript kodni bajarishdan oldin barcha 
o‘zgaruvchilarni yuqoriga ko‘chiradi. Lekin chalg‘ib ketmaslik uchun 
o‘zgaruvchini funksiya boshida e’lon qilganingiz ma’qul. 

Download 145.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling