Web dasturlashga kirish fanidan
Download 145.68 Kb. Pdf ko'rish
|
3Mavzu mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qator shabloni
- Mantiqiy tip
Qatorlar
Qator bu belgilar ketma-ketligidir. Dastur kodida qator literali orqali ifodalanadi va qo’shtirnoq — “” yoki tirnoq ‘’ belgilari bilan yopiladi. ‘qator’ “matn” JavaScriptda qatorlarni bir necha qatorda ifodalash uchun \ belgidan foydalaniladi. “Hammasi bir \ qator” Shuningdek, \ belgidan qator orasida ‘’ yoki “” dan foydalanish uchun qo’llash mumkin. Bu yuqoridagi belgilarni qatorni ochib-yopuvchi begilardan ajratib turadi. ‘O\’zbekiston’ Qatorlar + operatori orqali birikishi mumkin. Qator shabloni ES2015 da qo’shilgan bo’lib, qatorlar bilan ishlashda yangi imkoniyatlar taqdim etadi. Qatorda ${ } orasiga ifoda berib, shablon yaratib ketish mumkin. Masalan, shablonlarsiz: var a = 5 var b = 10 console.log(‘Ko\’paytma ‘ + (a * b) + ‘ ga teng.’) // Ko’paytma 50 ga teng Xuddi shuni shablondan foydalanib yozamiz: var a = 5 var b = 10 console.log(‘Ko\’paytma ${a * b} ga teng.’ // Ko’paytma 50 ga teng Mantiqiy tip JavaScript mantiqiy tiplarni ifodalash uchun true yoki false kalit so’zlaridan foydalanadi. Taqqoslash operatorlari (===, ==, <, >) yuqoridagi ikkisidan birini natija sifatida qaytaradi. if, while kabi tekshiruvchi operatorlar dastur jarayonida mantiqiy tiplardan foydalanadi. Mantiqiy qiymat ifodani faqat aniq rost yoki yolg’onligida emas, balki rostr yoki yolg’onga yaqin ekanligiga qarab ham aniqlab oladi. Masalan, quyidagi qiymatlarning barchasi yolg’onga yaqin bo’lgani uchun false qiymati olinadi: 0 -0 NaN undefined null ‘’ // bo’sh qator Qolgan barcha holatlarda true olinadi. null null hech qanday qiymat yo’qligini bildiruvchi maxsus qiymat. Bu qiymat deyarli barcha dasturlash tillarida uchraydi. Masalan Pythonda None shaklida uchraydi. undefined undefined o’zgaruvchini initsializatsiya qilinmaganligi va qiymat noaniq ekanligini bildiradi. Funksiyaning qaytaruvchi qiymati bo’lmaganda undefined qaytaradi. Shuningdek, funksiya parametri mavjud bo’lsa, lekin funksiya chaqirilganda unga qiymat yuborilmasa, funksiya parametrlarni undefined holatiga o’tkizadi. Qiymatni undefined ekanligi quyidagicha tekshiriladi: typeof var === ‘undefined’ Download 145.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling