25
elementlari joylashib, ular alohida katakchalarni aniqlaydilar. Qatordagi barcha
katakchalardagi ma’lumotlarni tekislash uchun
align atributini ishlatgan holda
unga
left, right va
center qiymatlarini berishimiz mumkin. Katakchalardagi
ma’lumotlarni vertikal yo‘nalishda tekislash uchun
quyidagilarni ishlatish
mumkin:
v
align=“top” - yuqori chegara bo‘yicha
v
align=“bottom” – pastki chegara bo‘yicha
v
align=“center” – markazlashtirish
elementi katakchaga tegishli bo‘lib, ustunning yoki qatorning
nomini aniqlaydi va u TR elementi ichida joylashgan bo‘lishi kerak. Katakcha-
sahifa oddiy katakchalardan shunisi bilan farq qiladiki, brouzer uning ichidagi
matnni ajratilgan holda (to‘q rangli shrift yordamida) ko‘rsatadi. Katakcha
elementi uchun bir nechta atributlar ko‘zda tutilgan. Agarda katakchaga katta
matn bo‘lagi kiritilgan bo‘lsa, brouzer uni qatorlarga shunday tartibda bo‘lib
chiqadiki, bunda jadvalning talab qilingan konfiguratsiyasi buzilmaydi.
Nowrap atributi yordamida matnni formatlashtirishni ma’n qilib qo‘yish
mumkin va bu holda katakchada bittagina qator hosil qilinib, jadval oyna
chegarasidan chiqib ketishi mumkin. Rowspan va colspan atributlari
jadvalning boshqa katakchalaridan bir necha marta katta bo‘lgan katakchalar
hosil qilishga yordam beradi. n>1 bo‘lgan holatda va quyidagi atribut
berilganida, rowspan=n tegishli katakcha bir emas, balki n-ta qatorni egallaydi
va shuning uchun ham u berilgan ustunning oddiy katakchasiga nisbatan n
marta katta o‘lchamga ega bo‘ladi.
Xuddi shunga o‘xshab, colspan atributi yordamida bir vaqtning o‘zida
bir nechta ustunlarda joylashgan katakchalar hosil qilish mumkin. Oldin ko‘rib
o‘tilgan align atributi bir katakcha uchun ham ishlatilishi mumkin. U left (chap
tomonga tekislashuv) va right (o‘ng tomonga tekislashuv) qiymatlarini olishi
mumkin. Agar ushbu atributlar yozilmasa, dastur chap tomonga tekislashuvni
avtomatik ravishda qo‘llaydi. Agarda align atributi bo‘lmasa, TN elementi
matnni markazlashtirgan holda joylashtiradi. TN elementi uchun valign
elementini TR elementida ishlatilgani kabi ishlatish mumkin. Katakchalarning
o‘lchamlarini quyidagi buyruqlar orqali aniq ko‘rsatish ham mumkin:
|