Konlarni ishlatishdagi loyiha hujjatlari Neft konlariga mexanik usulda ta’sir etish Qаtlаmni gidrаvlik yorish jihozlar


Download 18.14 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi18.14 Kb.
#1606323
  1   2
Bog'liq
bekzod



Neft konlarini mexanik usullar bilan ishlash
Reja

  1. . Konlarni ishlatishdagi loyiha hujjatlari

  2. Neft konlariga mexanik usulda ta’sir etish

  3. Qаtlаmni gidrаvlik yorish jihozlar

Neft va gaz konlarini jihozlashni loyihashda konning umumiy xo’jaligi, burg’ilash texnikasi va texnologiyasi, ishlatish, yig'ish, tayyorlash, saqlash va tashish bilan bog'liq barcha savollarga ratsional yechim topish kerak bo’ladi. Loyihalash u yoki bu konni ishlatish loyihasini tuzish bilan boshlanib, o'z ichiga quyidagilarni oladi:


• neft va gaz zahirasini hisoblash;
• konni ishlash sxemasini tuzish;
• barcha mahsuldor gorizontlarning geologik, gidrodinamik va ishlatish tavsifini aniqlash;
• qatlam suvlarining kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini aniqlash;
• neft va gazning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash;
• turli xil bosqichdagi separatsiyada neftning differensial gazsizlanishi;
• neft va gazni qayta ishlashning birmuncha tegishli sxemalari bo'yicha takliflar;
• konni ishlatish tizimi bo’yicha takliflar;
• ishlatish butun davrining har bir yili bo’yicha suvlangan neft qazib olish ko’rsatilgan neft va gaz qazib olishning istiqbolli rejasi;
• tutashgan hududlarning neftlilik istiqboli;
• quduqlarni foydalanishga topshirish va foydalanishdan chiqarish vaqti va tartibi;
• ishlatish davrlarida quduqlardagi qatlam, quduq tubi, buffer va quvur orti bosimlari o’zgarish dinamikasi;
• quduqlarning suvsiz neft bilan favvoralanish bosimi hisobi va quduqlarni favvora usulidan mexanizatsiyalashgan usulga o'tkazish parametrlari;
• gaz omilini aniqlash;
• qatlam bosimini saqlash usulini tanlash va ishchi agentni haydash hajmi hamda parametrlarini aniqlash;
• haydovchi quduqlar ish rejimlari, ishchi agentlar manbalari;
• konni qabul qilingan ishlatish tizimlari texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari.
Ishlatish loyihasining asosiy vazifasi- kondan bir tonna neftga nisbatan minimal xarajatlarda rejalashtirilgan qazib chiqarishni ta’minlash va atrof-muhit muhofazasi tadbirlarini e’tiborga olgan holda maksimal neft qazib olish.
So’ngra konni jihozlash bo'yicha bosh sxema va texnikiqtisodiy asosnoma tuziladi va uning tarkibida quyidagi masalalar ko'rib chiqiladi:
I. Neft va gazni qazib chiqarish, uzatish, saqlash va tayyorlash sanoat obyektlarini joylashtirish Barcha obyektlar 3 toifaga bo’linadi:
1) Texnologik obyektlar:
• ishlatish va haydovchi quduqlar;
• ajratish qurilmalari;
• siquvchi va markaziy nasos stansiyalari;
• xomashyo rezervuarlari;
• konda neftni tayyorlash qurilmalari;
• sanoat kompressor stansiyalari va gazbenzin zavodlari;
2) Neftni yig'ish va tayyorlash texnologiyasi bilan bevosita bog’liq bo’lmagan obyektlar:
• neft qazib chiqarish boshqarmasi bazalari;
• burg’ilash tashkilotlari;
transport bazalari;
• suv ta’minoti, kanalizatsiya, energiya ta'minoti, aloqa obyektlari;
• qurilish tashkilotlari, yong’in muhofazasi va boshqalar;
3) Kon ichi muhandislik tarmoqlari:
• yo’llar;
• kon texnologik quvuruzatkichlari (neft va gaz quvurlari);
• suv quvurlari (ichimlik, xo’jalik, yong'inga qarshi, haydash uchun);
• kanalizatsiya, aloqa, elektr ta’minoti tarmoqlari va boshqalar.

Qatlamni gidravlik yorish usuli - o'tkazuvchanligi yomon tog' jinslaridan tuzilgan neft quduqlarini mahsuldorligini oshirish va haydovchi quduqlarda qatlamning qabul qiluvchanligini oshirishda eng samarali usullardan hisoblanadi. Bu usulda yer yuzidan haydalayotgan yuqori bosimli suyuqlik yordamida mahsuldor qatlamda bosim hosil qilib, mavjud yoriqlarni kengaytirib quduq mahsuldorligi oshiriladi. Hosil qilingan yoriqlar bosim tushgandan keyin qayta yopilib qolishini oldini olish uchun qatlamga kvars qumlari suyuqlik bilan haydaladHosil qilingan yoriqlar qatlamga bir necha o 'n mctrlab kiradi va quduq mahsulotini bir necha o’n marotaba oshiradi. Qatlamni gidravlik yorish quyidagi k etm a-ketlikda bajariladigan jarayonlar orqali amalga oshiriladi: 1) qatlamda yoriq hosil qilish uchun suyuqlikni haydash; 2) hosil qilingan yoriqlarni to’ldirish uchun qum tashuvchi suyuqlikni q um bilan haydash; 3) yoriqlarga qumni bostirish uchun, bostiruvchi suyuqliklarni haydash



Qatlamni gitlravlik yorish sxcmasi I-yoruvchi suyuqlikni haydash; II -qum suyuqlik aralashmasmi haydash III- bostiruvchi suyuqlikni haydash. I -gil; 2-neft qatlami
Qatlamni yorish uchun quduq tubida bosimni quyidagicha aniqlaymiz:
P=1,5 H p g -2.5 Hpg
bu ycrda: H - q uduq chuqurligi; m da; p - tog" jinsi zichligi; k g / da;
Asosan yoruvchi suyuqlik va qum tashuvchi suyuqlik sifatida bir xil suyuqlikdan foydalaniladi. Shuning uchun bu suyuqliklarni atashni soddalashtirish uchun yorish suyuqligi deb ataladi. Ikki xil yoruvchi suyuqligi qo'llaniladi: 1) uglevodorod asosli suyuqlik: 2) suv asosli eritmalar. Ayrim hollardagina suv-neft va nett kislota emul'siyalari qo'llaniladi.
Neft quduqlarida uglevodorodli suyuqliklardan foydalaniladi: ularga yuqori jjtivinliqoq neft mahsulotlari, mazut yoki lining neft bilan aralashmasi, dizel yoqilg’ilari yoki xom neft, neftni sovun bilan aralashmasi. Suv haydovchi quduqlarda suv eritmalari qo'llaniladi: ularga suv sulfit-spirtli bardani suvli eritmasi, tuz kislota eritmalari va har-xil reagent bilan aralashtirilgan suv.
Mahsuldor qatlam o'tkazuvchanligiga qarab yoruvchi suyuqlik qovushqoqligi 50 dan 500 gacha oraliqda tanlab olinadi. Qatlamni gidravlik yorishda yoriqni to’ldiruvchi qumlar quyidagi talablarga lo'liq javob berishi kerak: 1) m exanik m ustahkam b o 'lish i, y oriqlam i o rasid a ezilib ketm asligi kerak. 2) yuqori o'tkazuvchanlikni saqlab qolishi kerak.

Download 18.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling