Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
1. Bayroqchalar qanday vazifa bajaradilar?
2. Ilovaga bayroqchalar qaysi obyekt yordamida kiritiladi?
3. Bayroqchalarning o‘rnatilganligi qaysi xossasi yordamida
tekshiriladi?
4. Global o‘zgaruvchilar qayerda tavsiflanadi?
5. O‘zgaruvchilarga boshlang‘ich qiymatlarni qayerda berish mumkin?
6. Faol o‘quvchilar so‘rovnomasi o‘tkazuvchi ilova yarating.
7. Mohir o‘qituvchilar so‘rovnomasini o‘tkazuvchi ilova yarating.
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:
1. Radiotugmalardan foydalanishga misollar. Ko‘pincha bir necha variantdan faqat bittasini tanlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida har bir test savoliga to‘rttadan javob bo‘lib, ulardan faqat bittasi to‘g‘ri va faqat bitta javobni tanlash mumkin. Ma’lumotning Word da abzatsni formatlashning to‘rt xil: chapdan, o‘ngdan, o‘rtadan va ikki tomondan tekislash usullari bo‘lib, ulardan faqat bittasini abzasga qo‘llash mumkin. Ulardan birini tanlash boshqalarining bekor qilinishiga olib keladi. Bunday misollarni boshqa sohalardan ham keltirish mumkin.
2. RadioGroup boshqarish obyekti va uning xossalari. Bir necha variantdan birini tanlash Pascal da case operatori yordamida bajarilar edi. Delphi da buning bir necha xil usullari mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi RadioGroup (radiotugmalar guruhi) deb ataladi. Bu boshqarish obyekti obyektlar panellarining standart jildida joylashgan bo‘lib, u o‘ngdan uchinchisidir:
Bu obyekt bilan tanishish uchun uni ilova oynasiga joylaymiz. Uning asosiy
xossalaridan biri shu paytgacha uchramagan Items (variantlar)dir. ObjectInspektorda bu xossani ikki marta bosib tanlaymiz. Bunda ekranda uning muloqot darchasi paydo bo‘ladi. Unga radiotugma uchun variantlarning nomlari ro‘yxatini kiritish mumkin. Unga to‘rtta variant nomini har birini yangi satrdan kiritamiz.
Kiritilgan variantlarni qabul qilsak, ular darhol ilova oynasida paydo bo‘ladi:
Quyidagi rasmda to‘rtta variantli radiotugmalar guruhining bittadan
beshtagacha ustunlarda joylashishi ko‘rsatilgan. Ulardan quyidagi xulosalar
kelib chiqadi:
1. Radiotugmalar guruhi uchun ajratilgan joy eni ustunlar orasida teng
taqsimlanadi.
2. Tugmalar sonini ustunlar soniga bo‘lib, har bir ustunda nechta tugma
bo‘lishi topiladi. Tugmalar soni kasr son bo‘lsa, katta butun songacha
butunlashtiriladi.
3. Har bir ustun tugmalar bilan to‘ldiriladi.
4. Oxirgi ustunlardan biri yoki bir nechtasi bo‘sh bo‘lib qolishi mumkin.
Bo‘sh ustunlar uchun ham joy ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |