Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1. Yangi ilova yarating va uni 07_01 papkasiga sаqlang.
1.1. Uning oynasiga Test tizimi deb nom bering.
1.2. Radio tugmalar guruhi yaratib, uning sarlavhasini Test savollari deb o‘zgartiring. Unga 36 ta tugma qo‘yib, ularning nomlarini 1 dan 36 gacha qilib, o‘zgartirib chiqing.
1.3. Ilova oynasiga yangi radiotugmalarning yangi guruhini qo‘shing. Unga Javoblar deb nom bering. Unga to‘rtta tugma qo‘shib, ularning nomlarini A, B, C, D deb o‘zgartiring.
1.4. Ilovani ishga tushirib, unda test savollari va javoblarni tanlab ko‘ring.
1.5. Ilovani saqlang va uni yoping.
2. Yangi ilova yarating va uni 07_02 papkasiga saqlab qo‘ying.
2.1. Uning oynasini Elektron xarid deb nomlang.
2.2. Ilova oynasida radiotugmalar guruhini yarating va unga to‘lov turi
deb nom bering.
2.3. Radiotugmalar ro‘yxatiga quyidagi bandlarni kiriting:
PayNet; Click; UPay; Uzcard; Naqt; Pul o‘tkazish.
2.4. Ilovani ishga tushirib, to‘lov turini o‘zgartirib ko‘ring.
2.5. Ilovani saqlang va uni yoping.
3. Yangi ilova yarating va uni 07_03 papkasidа saqlang.
3.1. Ilova oynasiga Bitiruvchilar deb nom bering.
3.2. Ilova oynasiga radiotugmalar guruhi obyektini joylang va unga
Ta’lim muassasasi deb nom bering.
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa berish:
Mavzuni o’qib o’rganib mavzuga doir testlar tuzib keling
O’IBDO’: ____________ __________________
Do'stlaringiz bilan baham: |