182-o'zbek tili guruhi talabasi Raximova Dilnoza
Download 164 Kb.
|
182-o'zbektili guruhi talabasi Raximova Dilnoza TDM
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbek tili stilistikasi va uning muammolari
182-o'zbek tili guruhi talabasi Raximova Dilnoza Oraliq Nazorati! Tilshunoslikning dolzarb muammolari. Quyidagi savollar bo'yicha o'z fikrlaringizni Word fayl shaklida yozing. Ushbu sahifaga joylang! Taqdimot ham joylang! (Qo'shimcha ravishda) 1. O'zbek tilshunosligida bugungi kunda rivojlanayotgan yangi tarmoqlar haqidsa nimalar bilasiz? 2. O'zbek tili stilistikasiga doir qanday lingvistik muammolar mavjud? 3. Og'zaki va yozma nutqning qanday me'yor(norma)lari mavjud? 4. Til va shevalarni organishda qanday lingvistik muammolar bor? 5. Areal lingvistika filologik va nofilologik yo'nalishdagi qanday fanlar bilan bog'liq holda ish ko'radi? Javoblar: 1.Tilshunoslik fanining tarmoqlari. Kishilarning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan tilni tilshunoslik fani o‘rganadi. Uning uch tarmoғi mavjud: 1. ekstralingvistika (ekstra – tashqi, lingvistika – tilga xos) tildan tashqarida, ammo bevosita til bilan boғliq bo‘lgan xususiyatlarni o‘rganadi. ekstralingvistika quyidagi tarmoqlarga ajraladi: A. Sotsiolingvistika. Bunda tilning tabiati va ijtimoiy vazifasi o‘rganiladi. B. Metalingvistika. Bunda til va tafakkur, tilning mazmun tomoni, nutq faoliyati, til birliklarining matn va sharoit bilan aloqasi o‘rganiladi. 2. Intralingvistika. Bunda tilning ichki tizimi, uning birliklari va kategoriyalari, tilning fonologik, leksikologik va grammatik qurilishi o‘rganiladi. 3. Komparativistika. Bunda tillar qiyosiy tarzda o‘rganiladi. Bu soha uchga bo‘linadi: A. Qiyosiy tilshunoslik. Bu soha o‘z navbatida qiyosiy-tarixiy va choғishtirma tilshunoslikka bo‘linadi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik bir-biriga qarindosh bo‘lgan tillarni o‘rganadi. Turli tizimdagi tillarni qiyosiy o‘rganish choғishtirma tilshunoslik ob`ektidir. B. Areal (maydon) tilshunoslik. Tilning tarqalish doirasi, tillar xaritasi, mamlakatlarni til tomondan tasvirlash areal tilshunoslik predmeti sanaladi. V. Tipologik tilshunoslik. Tipologiya tillarning qurilishidagi umumiy, universal holatlarni tekshiradi. Bunda barcha tillar, ularning qarindosh yoki qarindosh emasligidan qat`iy nazar o‘rganilaveradi. Tilshunoslik fanining sanab o‘tilgan tarmoqlari negizida turli nazariyalar paydo bo‘lgan. Jahon tilshunoslari safida XXI asrga shaxdam qadam qo’ygan o’zbek olimlari oldida ham o’tgan asrda o’z echimini uzul-kesil topmagan “Til va jamiyat”, “Inson va uning tili” kabi masalalar bilan bog’liq vazifalar ko’ndalang bo’lib turibdi. Xo’sh, tilshunoslardan tinimsiz mehnat, ulkan chidam va iqtidorni talab qiluvchi lisoniy masalalarni ijobiy hal etish maqsadida avvalambor til qurilishining qaysi jihatlariga diqqatni qaratish, qanday izlanishlarni ro’yobga chiqarish lozim bo’ladi? 1) zamonaviy lingvistikadagi yangi yo’nalishlar bo’yicha olib borilayotgan izlanishlar ko’lamini aslo sekinlatmagan tarzda, an’anaviy tilshunoslik doirasidagi tadqiqotlar sur’atini yanada kengaytirish; 2) XVIII asr oxiridagi I.Gerder hamda umumiy tilshunoslik fanining asoschisi V.Gumboldt tomonidan ilgari surilgan tilning xalq madaniyati, urf-odati, rusumi, xarakteri bilan chambarchas bog’liqlikda o’rganuvchi etnolingvistikani shakllantirish va rivojlantirish; 3) komparativistika, ya’ni qiyosiy-tarixiy tilshunoslik nuqtayi nazardan qardosh turkiy tillarni o’zbek tili bilan muqoyasa qilish borasida keyingi paytlarda yo’l qo’yilayotgan sustkashlikka barham berish, nafaqat o’zbek va turk, shuningdek o’zbek, qozoq, turkman, qirg’iz, qoraqalpoq, tatar tillari materiallarini qiyoslashga jiddiy e’tiborni qaratish, natijada turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasini o’zbek tilida yaratish; 4) o’zbek tilshunosligini uning bosh yo’nalishlaridan biri turkologiyasiz aslo tasavvur etib bo’lmaydi. O’zbek turkologlari erishgan yutuqlar turkologiyada munosib baholangan. Ular haqida mavridi kelganda alohida mulohaza bildirish mumkin. Hozir esa, mazkur yo’nalish oldida o’z echimni kutayotgan jihatlargagina diqqatni tortmoqchimiz: a) skiflar, saklar, sarmatlar, kushonlar, toxarlar davriga taalluqli onomastikani atroflicha o’rganish, qadimgi yunon, xitoy olimlari, muarrixlarining turkiy qabilalar haqidagi ma’lumotlarini sinchiklab tahlil qilish; b) oltoy tillarining genetik qarindoshligi, turkiy, mo’g’ul, tungus-manjur tillarining yagona til asosida shakllanganligi to’g’risidagi mavjud dunyoqarash kesimida chuqur ilmiy izlanishlar olib borish; d) turkologiya bo’yicha bibliografik sravochnik tayyorlash, keng jamoatchilikni turkologiyaning tarixi, hozirgi holatidan xabardor qilish va h.k.; 5) XX asrning 20-30 yillari o’zbek matbuoti tili, milliy uyg’onish davri alifbo va imlo masalalari, adabiy til va jonli so’zlashuv tili muammolari bo’yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni jadallashtirish; 6) muayyan tilning rivojlanishi darajasi undagi lug’atlarning rang-barangligi, miqdori bilan o’lchanishini e’tibordan qochirmagan holda, lingvistikaning turli sohalariga xizmat qiluvchi lug’atlar tuzish, so’nggi texnika vositalari bilan ta’minlash, xalqaro axborot tizimiga integratsiyalashish va undan foydalanish; 7) o’zbek tilining dinamik holatini tadqiq etishda bebaho manba hisoblanuvchi yozma obidalarni atroflicha, chuqur ilmiy asosda o’rganish, yoshlarni bu yo’nalishga dadil jalb etish; 8) belgilar sistemasidan iborat sifatida e’tirof etilyotgan tilning kommunikativ va ekspressiv funksiyalarini ochib beruvchi izlanishlarga jiddiy e’tiborni jalb etish; 9) so’nggi paytlarda o’z holiga tashlab qo’yilgan terminalogiyada mavjud boshboshdoqlikka barham berish, terminlarni muvofiqlashtirish va unifikatsiya qilish va h.k. Jahon lingvistikasi yutuqlarini o’rganayotgan, ularni har tomonlama tahlil etayotgan, ayni chog’da, tilshunoslikda yuz berayotgan keskin metodologik bahslarda munosib o’rin egallashga intilayotgan til haqidagi fanimizmning XXI asrda jiddiy yutuqlarni qo’lga kiritishiga shak-shubha yo’q. 2.O’zbek tili stilistikasi va uning muammolari Tadqiqotchilar stilistikaning o’rganish obyekti til stillari, leksik, grammatik sinonimiya hamda til vositalarining ma’no va qo’llanish imkoniyatlarini tekshirish deb bilsalar ham, lekin bularni yoritishda, klassifikatsiya qilishda, til vositalarining stilistik va emotsional-ekspressiv bo’yoqlarini tushunishda bir-birlaridan farq qiladilar. Akademik V.V.Vinogradov stilistika bahsida bir-biri bilan uzviy aloqador, lekin vazifalari turlicha bo’lgan uchta tekshirish aspektini farqlash zarur, deb uqtiradi. U stilistikani 3 qismga ajratadi: 1) tilning funksional stillarini o’rganuvchi stilistika (strukturnaya stilistika); 2) turli janrlarning semantik va ekspressiv-stilistik xarakterlarini hamda og’zaki va yozma nutq orasidagi farqni tekshiruvchi nutq stilistikasi (stilistika rechi); 3) adabiy yo’nalishlar, badiiy asar hamda yozuvchi uslubini tadqiq etuvchi badiiy adabiyot stilistikasi. Ko’rinadiki, stilistika har biri o’z muayyan stilistik belgi- sifatlarga ega bo’lgan stillarni o’rganadi. Masalan, funksional stilistika ilmiy, rasmiy, publitsistik, badiiy stillarning o’ziga xos xususiyatlari va ifoda vositalarini tekshiradi. Milliy til stilistikasining mundarijasi birmuncha keng bo’lib, u tilning barcha stilistik sistemasini tekshiradi. Bu stilistik sistema stillardan tashqari, tilning yozma va og’zaki formalarini, adabiy va so’zlashuv nutq ko’rinishlarini ham o’z ichiga oladi. Shunday qilib, stilistika til birliklaridan qaysi biri u yoki bu stilda, yozma yo og’zaki nutqda ko’proq ishlatiladi, degan masala bilan ham shug’ullanadi. Bundan tashqari, stilistikaga fikr va maqsadni ifodalashda til vositalarining to’g’ri tanlab yoki tanlanmaganligini aniqlash hamda shu til vositalarini maqsadga muvofiq tanlash va ishlatish yo’llarni belgilash vazifalari yuklatiladi. Stilistikaning vazifasini bu tarzda sharhlash uning mundarijasini yana ham kengaytiradi. Stilistikada sinonimiya masalalarini o’rganish ham markaziy o’rinni egallaydi. Ammo tildagi sinonimiyaning umumiy qonuniyatlarini o’rganish stilistikaning obyektiga kirmaydi. Stilistikada sinonimik munosabatlarning barcha ko’rinishlari: so’zlarning stilistik sifatlari, sintaktik konstruksiyalarining qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi. Stilistik belgi-sifatlar til birliklarining barchasida mavjuddir. Fonetik, morfologik, sintaktik va leksik birliklar stilistikaning ham predmeti hisoblanadi. Download 164 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling