182-o'zbek tili guruhi talabasi Raximova Dilnoza
Download 164 Kb.
|
182-o'zbektili guruhi talabasi Raximova Dilnoza TDM
hududiy lingvistika” deya talqin qilinayotgan o’rinlar ham mavjud. Unga mos keladigan yana bir yo’nalish “lingvistik geografiya” atamasi ham qo’llaniladi. Mazkur ikki tushuncha ham mazmun va mantiqiylik jihatidan bir-biriga mos kelsa ham, ayrim lingvistik terminlar lug’atida ularni farqli terminlar sifatida qaralaish o’rinlari kuzatiladi.
Jumladan, O.S.Axmanova tomidan tayyorlangan “Lingvistik terminlar lug’atida” “areal lingvistika”ni hududiy tilshunoslik, “lingvistik geografiya” esa “dialektografiya” deya talqin qilinadi. Biz ushbu kursga asos bo’lgan “areal lingvistika” terminining nomlanishi borasida mulohaza yuritadigan bo’lsak, uning asosida: lotincha “area” – maydon, hudud hamda “lingvistika” – tilshunoslik ma’nosidagi atamalar yotganligini qayd qilishimiz mumkin. Ko’pgina olimlar (B.A.Serebrennikov, A.V.Desnitskaya) “areal lingvistika” terminidan butunlay voz kechishni va uning o’rnida “lingvistik geografiya” atamasini qo’llashni taklif qiladilar. Bizningcha, bu ikki teminni bir-biridan farqli ravishda qo’llash maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Ular o’zaro yaqin tushunchalar bo’lsa ham, “lingvistik geografiya”ni shevalarni kartalashtirish metodi sifatida, “areal lingvistika”ni esa tillar, dialekt va lahjalarni kengroq o’rganuvchi va tadqiq qiluvchi fan sifatida qaralishini ma’qul deb hisoblaymiz. Adabiy til va sheva, shevalarimizning tarqalishi, ularni o’rganishda lingvogeografiya metodidan foydalana olish nuqtayi nazaridan sheva materiallarini tahlil qilishga doir muayyan bilimga ega bo’lish va ularni amaliyotda tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon bevosita amaliy va ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amaliy jihatdan alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu kurs ana shu muammolar bilan shugullanadi. Rossiyalik olimlar N.Gurov va A.Zograflarning ta’kidlashicha, “areal tilshunoslik” bevosita bir-biriga ta’sir qilgan, munosabatga kirishgan tillarni, tillararo aloqalarni o’rgansa, “areal lingvistika” nafaqat o’zaro munosabatga kirishgan tillarni, balki sheva va lahjalarni o’rganishni ham qamrab olishi bilan farqlanadi. Download 164 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling