Windows operatsion тizimi


Download 0.73 Mb.
bet4/14
Sana14.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1092414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-bob

«Корзина» (Savat) oynasi misolida ko‘rib chiqamiz. Birinchi qator (aksariyat hollarda bu ko‘k rangdagi qator) — oyna nomidir. Agarda shu qatordagi Ilovaning rasmchasiga bosilsa, oyna joylanishini va o‘lchovlarini belgilovchi buyruqlar ro‘yxati paydo bo‘ladi.
  • O‘ng yuqori burchakda uchta tugmacha mavjud:
  • Birinchisi — «Свернуть» (Yig‘ib olish). U Ilova oynasining masalalar panelidagi to‘rtburchak tugmacha shaklida (darchadek) yig‘ib oladi. Sichqoncha tugmachasini «darcha» ustida bir marta bosish oynaning oldingi o‘lchovi va joylashishini tiklaydi. (Bu to‘rtburchak tugmachalar barcha minimallashtirilgan oynalar ko‘rinishi uchun uning o‘lchovini avtomatik ravishda o‘zgartiradi).
  • Ikkinchisi — «Развернуть» (Yoyish). U Ilova oynasini butun ekranga (yoki hujjat oynasini butun ilova oynasiga) yoyib tashlaydi. Shunga ahamiyat berish kerakki, Masalalar paneli oyna maksimallashtirilgan holda ham ko‘rinib turadi. Sichqoncha «Развернуть» (Yoyish) piktogrammasi ustida bosilgandan keyin uning o‘rnida boshqa ikki kvadratlik piktogramma paydo bo‘ladi. Hosil bo‘lgan piktogrammaning ustida sichqoncha bosilsa, oyna oldingi holatiga qaytadi.
  • Uchinchisi — «Закрыть» (Yopish). U joriy ilovani yopadi va bajarilayotgan ishning saqlab qolinmagan natijalarini saqlaydi. (Bu operatsiya klaviaturada Alt+F4 tugmachalar kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi.) Joriy Ilovani yopish uchun Ilovaning sistema menyusi tugmachasini ikki marta bosish ham mumkin.
  • Oynadagi keyingi kator — Menyular qatori. Unda bir nechtadan buyruqlarni o‘z ichiga olgan menyular (5.4- rasm) joylashgan. Bular «Файл» (Fayl), «Правка» (Тo‘g‘rilash), «Вид» (Ko‘rinish), «Переход» (O‘tish), «Изображение» (Тanlangan), «Справка» (Ma’lumot) menyularidir.
  • Oynaning chetlarida vertikal va gorizontal aylantirish tasmalarini ko‘rish mumkin. Oynaning quyi qismida holat qatori joylashgan. Menyular qatori ostida piktogrammalar qatori mavjud. Bu qatorda ko‘p ishlatiladigan buyruqlar belgilari joylashgan.
  • Undan keyin odatda adres qatori joylashadi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling