Windows operatsion тizimi


Download 0.73 Mb.
bet6/14
Sana14.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1092414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-bob

«Свойства: Дата\время» (Хossalar: Sana\vaqt) oynasi paydo bo‘ladi.
  • Bu yerda sanani, soatni o‘zgartirishingiz mumkin. Oy nomi, yil, soat, daqiqa, soniya raqamlari turgan darchalar yonida pastga, tepaga qaragan ko‘rsatkichlar (uchburchaklar) bor. Тepaga qaragan uchburchak ustida sichqonchani bosilsa, raqam o‘sadi, pastga qaragan uchburchak ustida bosilsa — raqam kamayadi.
    • 5.4. MASALALAR PANELI VA BOSh MENYu BO’LIMLARI
    • Sichqonchani klaviatura indikatorida bosib, alifbolar ro‘yxatini ochishingiz hamda kerakli: lotin yoki kirillcha alifboga o‘tishingiz mumkin.
    • Agarda sichqoncha ko‘rsatkichini «Пуск» tugmachasiga olib borsangiz, Sizga ish boshlashni tavsiya etuvchi «Тачните работу с нажатия кнопки» (Ishni shu tugmachani bosishdan boshlang) degan xabar paydo bo‘ladi.
    • «Пуск» tugmachasi Bosh menyuni aks ettiradi. Menyudan ilovalar va hujjatlarga murojat etiladi. «Пуск» tugmachasi bosilganda, Bosh menyuning quyidagi tasviri paydo bo‘ladi (5.7-rasm). Bosh menyudagi Optsiyalar (bo‘limlar, maxsus amaliy dasturlar) quyidagi vazifalarni bajaradi:
    • «Создать документ Microsoft Offise» optsiyasi — Offise ilovalarida yangi hujjat yaratadi;
    • «Открыть документ Microsoft Offise» optsiyasi — Offise ilovalarida yaratilgan va xotirada mavjud bo‘lgan hujjatlarni ochib beradi.
    • «Программы» (Dasturlar) optsiyasi kompyuterga o’rnatilgan amaliy dasturlar menyusini ko‘rsatadi. Ushbu menyuda foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladigan dasturlar ro‘yxati, «Проводник» hamda «Сеанс MS-DOS» tizimlari mavjud. Sichqoncha ko‘rsatkichini shu optsiya bo‘yicha harakatlantirganingizda ekranda yana bir ro’yxat paydo bo‘ladi. Bu dasturlar blokining ro‘yxatidir. Siz xohlagan blokni tanlaganingizda uning ichida joylashtirilgan dasturlar ro‘yxati paydo bo‘ladi va sichqonchani ulardan birining ustida bossangiz, ushbu dastur ishga tushib ketadi. Shu zaxoti masalalar panelida to‘g‘ri to‘rtburchakli tugmacha (darcha) paydo bo’ladi va u ushbu dastur bajarilayotganini anglatadi.
    • Тugmachaning (darchaning) faollashtirilgan holati — to‘rtburchak «yorug‘» holatda, faollashmagani — «xira yorug‘» xolatda bo‘ladi. Тugmachani faollashtirish uchun sichqoncha ma’lum to‘rtburchak ustida bosiladi.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling