«Пуск» menyusining «Справка» (Ma’lumot) qismini tanlash yordamida amalga oshiriladi. «Справка» (Ma’lumot) — uch bo‘limli ma’lumotnoma shaklida tashkil qilingan — «Содержание» (Mundarija), «Предметный указатель» (Mavzu ko’rsatkichi) va «Поиск» (Qidiruv). Siz umumiy tavsif bo‘yicha ma’lumotni «Содержание» (Mundarija) bo‘limidan olishingiz mumkin. U ma’lumotnomadagi har bir mavzuning qisqacha ta’rifini o‘z ichiga olgan, yuqori pog‘onadagi boblarni aks ettiradigan mundarijadir. Har bir bob kitobning rasmchasi bilan, xar bir kichik mavzu — sahifa rasmchasi bilan ifodalangan. «Предметный указатель» (Mavzu ko‘rsatkichi) bo‘limi Sizga ma’lumot mavzusini so‘z yoki termin bo‘yicha qidirish imkonini beradi. Ma’lumot indekslari alfavit tartibida sanab o‘tilgan barcha kalit so’zlari bilan olingan kitobning real indeksiga o‘xshashdir. Bu bo’lim, foydalanuvchi maxsus mavzuni «Содержание» (Mundarija) bo‘limida topa olmagan holda, juda qulaydir. - Agarda atama yoki ishorani boshqa yo‘l bilan topish mumkin bo‘lmasa, «Поиск» (Qidiruv) bo‘limini tanlash kerakli ma’lumotni topish imkoniyatini beradi. Bu usul bitta maxsus imkoniyat bo‘yicha barcha mavzularni topish kerak bo‘lgan holda qulaydir.
- WINDOWS tizimi savol-javob oynasining ixtiyoriy sohasi bo‘yicha ma’lumot olish uchun shu oynaning ixtiyoriy sohasida sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosish kerak. Unda «Что это такое?» (Bu nima?) bandi aks etadi. Sichqkonchani kerakli band ustiga olib kelib bosilsa, ma’lumotning qisqa ko‘rinishi aks etadi.
- «Выполнить» (Bajarish) optsiyasi ixtiyoriy dastur yoki faylni ishga tushirish uchun ishlatiladi (Agar kerakli dastur «Программы» (Dasturlar) qismida bo’lmasa, bu optsiya juda zarurdir).
- «Завершение работы» (Ishni tugatish) qismi ish tugagach, kompyuterni bezarar o‘chirishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, ushbu qism kompyuterni yangidan ishga tushirish yoki tarmoqda yangidan ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatlariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |