«Форматировать» (Bichimlash) buyrug‘i yordamida disketalarni bichimlash mumkin. Bichimlash jarayoni tugaganidan keyin ekranda axborot oynasi chiqadi. Undan Biz disketada qancha buzilgan joy borligini bilib olishingiz mumkin. - Disketalarga axborot yozishdan oldin yoki qattiq diskning buzilgan joylarini tekshirish uchun «Проверка диска» («Diskni tekshirish») ilovasi ishlatiladi. Uni ishga tushirish uchun «Пуск» tugmachasi bosilib, «Программы/ Стандартные/ Служебные/ Проверка диска» ketma-ketligi bajariladi. Тekshirish jarayonida aniqlangan buzilgan sektorlar mazkur ilova tomonidan bir yo‘la tuzatib ketiladi.
- SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
- 1. «Мой компьютер» (Mening kompyuterim) ilovasi yordamida qanday vazifalarni bajarish mumkin?
- 2. «Мой компьютер» (Mening kompyuterim) ilovasining oynasidagi asosiy ob’ektlarni aytib bering.
- 3. Diskdagi fayllar va jildlarni ko‘rib chiqish qanday amalga oshiriladi?
- 4. Faylli strukturani pog‘onali aks ettirish qanday amalga oshiriladi?
- 5. Oyna ichidagi ob’ektlarning tasvirlanish turlarini qanday o‘zgartirish mumkin?
- 6. Ob’ektlarning tasvirlanish tartibini o‘zgartirishning necha xil usuli bor?
- 7. «Файл» menyusida qanday buyruqlar jamlangan?
- 8. «Правка» (Тo‘g‘rilash) menyusi yordamida qanday bichimlash buyruqlari bajariladi?
- 9. Disketalarni bichimlash jarayonini aytib bering.
- 10. Yangi jildni yaratish qanday amalga oshiriladi?
- «Проводник» (Boshlovchi) ilovasi Windows operatsion tizimi standart dasturlari tarkibiga qiruvchi dastur bo‘lib, disk va fayllar bilan ishlashni osonlashtirish uchun xizmat qiladi.
- «Проводник» (Boshlovchi) ilovasida kompyuterdagi mavjud axborotlarning faylli strukturasini daraxt shaklida ko‘rish mumkin.
- «Проводник» (Boshlovchi) ilovasi «Мой компьютер» (Mening kompyuterim) ilovasiga o‘xshash bo‘lib, faqat «Сервис» (Хizmat ko‘rsatish) menyusi mavjudligi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |