Word matn muuarriri, uning
Download 1.02 Mb.
|
WORD MATN MUUARRIRI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Po umolchaniyu
- Orientatsiya
- Simvol(belgi)
- Parcha
Zerkalnie polya yozuvi oldida belgi qo`ysangiz, hujjatda sahifalar kitobdagi kabi bir- biriga aynan aks etadi g’ujjatning bir qismi uchun maydonlarni o`zgartirish kerak bo`lsa, o`sha saxifalarni belgilab (Buning uchun mazkur qism boshlangan joydan, klaviaturadagi Shift tugmachasini bosgan holda klaviaturadan pastga qaragan ko`rsatkich tugmachasini bosib, kerakli pozitsiyagacha olib borish zarur) Fayl menyusidagi Parametri stranitsi oynasining Polya qismida chegaralarni belgilash kerak. Primenit (Qo`llash) ro`yxatidan K videlennomu tekstu (Belgilangan matnga) parametrini tanlash lozim. Belgilangan betlardan oldin va keyin avtomatik tarzda bo`lim uzilish belgilari qo`yiladi. Agar hujjat bo`limlarga bo`lingan bo`lsa, kerakli bo`lim ustida sichqonni bir marta bosish kerak yoki bir nechta bo`limni belgilab, maydonlarni o`zgartirish kerak. Har doim bir hil chegara qo`llasangiz, faoliyatingiz boshida bir marta chegaralarni o`rnatib, Po umolchaniyu piktogrammasini sichqoncha yordamida faollashtirib kuying. Keyingi hujjatlar yaratish jarayonida sahifa chegaralari o`zgarmasdan turadi (to o`zingiz o`zgartirish kiritmagungizgacha).
Yuqoridagi oynaning Razmer bumagi qismida qog`oz o`lchovi, uning yo`nalishi o`zgartiriladi. A4 formatli (210x297mm) qog`ozdan (Siz kurs ishlari, referatlar, diplom ishlari uchun ishlatadigan qog`oz) ko`p foydalaniladi. Shu qog`ozning teng yarmi - A5 formatini, ikkitasi esa - A3 format demakdir. Qog`ozga to`g`ri va ko`ndalang xolatlarda narsa chop etish mumkin. Buni Orientatsiya qismida aniqlab ketish zarur. Knijnaya - to`g`ri chop etishni, albomnaya – ko`ndalang chop etishni anglatadi. Yozuv mashinkasidan farqli o`laroq, kompyuterda bir necha xil shriftlar mavjud. Formatlash panelida joylashgan
darchasi yonidagi uchburchakni bosib shriftlar ro`yxatini chiqaramiz, kerakli shriftni tanlab, uni faollashtiramiz. Mazkur darchaning yonida shriftlar o`lchovi
darchasi joylashgan. Undan yuqoridagi usul bilan kerakli o`lchovni tanlab olib, so`ng alfavit turini tanlab olamiz. Guvoh bo`lganingizdek, klaviaturada ikki xil: kirill va lotin harflari mavjud. Kerakligini tanlab olish uchun ekranning quyida joylashgan masalalar panelidagi klaviatura indikatori ustiga sichqonchani olib borib, ruyxat ochiladi va hosil bo`lgan ro`yxatdan kerakli alfavit tanlab olinadi. Nihoyat, hamma tayyorgarlik ishlari tugadi, ishchi maydon matnni terishga tayyor. Shu o`rinda matn nimalardan tashkil topadi, uning elementlari kaysilar kabi savollarga javob berib o`tamiz. Matn - simvol, so`z, qator, parcha, abzats(xat boshi), sahifa kabilardan tashkil topgan. Simvol(belgi) – bu matnning eng kichik elementidir. U o`lchov, yozilish usuli (oddiy, qalin, yozma, chiziqli), rang, shrift, pozitsiya (yozilish o`rni) kabi hususiyatlarga ega. Simvollar ketma-ketligi boshqa ob’ektlarni tashkil etadi: so`z, parcha, abzats, matn sahifasi. So`z – bu ikki tomondan ajratuvchi simvollar bilan (bo`sh simvol, nuqta, vergul va h.k.) chegaralangan simvollar ketma-ketligidir. Keltirilgan xususiyatlarga qo`shimcha: birinchi (oxirgi) simvol mavjudligi hamda simvollar soni cheklanganligi (so`z uzunligi). Qator – shu nomli kod bilan tugagan simvollar ketma-ketligi. Qo`shimcha xususiyatlar: qator boshi va oxiri, matnda qator tartib raqami, qator uzunligi, qatorning chap va o`ng chegarasi mavjudligi. Parcha – matnning belgilab olingan qismi. Abzats – abzats simvoli bilan ajratilgan simvollar ketma-ketligi. Abzats simvoli chop etilmaydi, matnga ENTER tugmachasi bosilganda kiritiladi. Abzatsning qo`shimcha xususiyatlari: chap va o`ng chegaralari, abzats boshidagi siljish, qatorlar soni, qatorlar o`rtasidagi interval, varaqdagi joylanishi. Sahifa – bu sahifa kodi bilan tugallanuvchi qatorlar to`plami. Qo`shimcha xususiyatlari: sahifa tartib raqami, sahifadagi qatorlar soni. va, nihoyat, oxirgi global ob’ekt - matnning o`zidir. Qo`shimcha xususiyatlari: matn boshi va oxiri, matndagi qatorlar soni, matn varaqda joylanishi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling