World Bank Document
Sanoat hamda energetikaning “yashil” va kam uglerodli rivojlanishini qo’llab-quvvatlash
Download 1.18 Mb.
|
P1708700b978730eb09a17023c938c721bc
Sanoat hamda energetikaning “yashil” va kam uglerodli rivojlanishini qo’llab-quvvatlash 3-sessiya 23.09.2021 Toshkent, O‘zbekiston Energetika va sanoatni karbonsizlantirishSo’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasi (O’zR) bozor iqtisodiyoti tizimini barpo etish va mamlakatni iqtisodiy hamkorlik uchun ochish bo’yicha siyosiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Energetika sohasi O’zbekiston Respublikasining hukumati uchun modernizatsiya qilinishi kerak bo’lgan ustuvor yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Energetika sektorini transformat- siya qilishning asosiy vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: energetika davlat korxonalari faoliyatining yuqori eksplua- tatsion va moliyaviy ko’rsatkichlarini ta’minlash, infratuzilma muammolarini hal qilish, sektorni qayta tuzish va raqobatbar- dosh bozorga o’tish, toza energiyaga o’tishda energiya qiymatini hosil qiluvchi zanjirlarni karbonsizlantirish, tiklanadigan energiya manbalaridan (TEM) foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga ko’maklashish, shuningdek, xususiy sek- torni jalb qilish va sohani institutsional va bozor tuzilmasini takomillashtirish. Yangilangan Milliy darajada aniqlangan hissa (MDAH)ga mos ravishda O’zbekiston Respublikasi 2030 yilgacha YaIM birligiga nisbatan solishtirma emissiyani 2010 yildagi darajasidan 35 foizga qisqartirish bo’yicha o’z majburiyatlarini oshirdi. Milliy darajada aniqlangan O’zbekiston hissasida o’zgarishlarni muvaffaqiyatli joriy etish uchun tarkibiy islohotlarning muhim roli e’tirof etilib, energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasidagi chora-tadbirlarga iqtisodiyot nuqtai nazaridan ham, iqlim o’zgarishi oqibatlarini yumshatish bo’yicha ham katta ahamiyat beriladi, aynan: 5 samarali va kam uglerodli texnologiyalarni joriy etish asosida energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarni modernizatsiya qilish; tiklanadigan energiya manbalarini keng miqyosda joriy etish (quyosh, shamol, biogaz texnologiyalari, kichik hamda mikro-GESlar va boshqalar); energiyani ko’p talab qiluvchi sanoat, qurilish va binolarga energiyani tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish; tabiiy gaz sizib chiqishini bartaraf etish va neft-gaz sohasida gazni mash’al qilib yoqib qo’yishdan voz kechish; elektr energiyasini uzatish va taqsimlash tarmoqlaridagi yo’qotishlarni kamaytirish. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling