World Bank Document
Pandemiyadan keyingi “yashil” tiklanish: “yashil” iqtisodiyotga o‘tish kontseptsiyasi
Download 1.18 Mb.
|
P1708700b978730eb09a17023c938c721bc
Pandemiyadan keyingi “yashil” tiklanish: “yashil” iqtisodiyotga o‘tish kontseptsiyasi 2-sessiya 09.09.2021 Toshkent, O‘zbekiston O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan issiqxona gazlari nisbiy chiqishining yuqoriligi va suvdan foydalanish samaradorligining pastligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy himoyasizlik tabiiy resurslarga jiddiy qaramlik va iqlim o’zgarishi ta’sirida kuchaymoqda. Tabiiy va energetika resurslaridan barqaror va samarali foydalanishga asoslangan yanada “yashil” iqtisodiy o’sish ifloslanish va issiqxona gazlari chiqishini minimallashtiradi, tabiiy ofatlar va iqlim o’zgarishiga chidamlilikni oshiradi. Pandemiya iqlim o’zgarishi bilan bog’liq muammolarni yanada kuchaytirdi. “Yashil” investitsiyalar, jumladan, “yashil” ish o’rinlarini yaratish, havo ifloslanishini kamaytirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish va shaharlarni modernizatsiya qilish mamlakat iqtisodiyotining pandemiyadan keyingi tiklanish davrida karbonsizlanishga hissa qo’shishi mumkin. 3 O’zbekiston Respublikasi hukumati 2030 yilga borib aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni hozirgi 1700 AQSh dollaridan 4200 AQSh dollarigacha oshirish vazifasini qo’ydi. Xalqaro rivojlanish bo’yicha hamkorlar O’zbekistonga kam uglerodli rivojlanish loyihalarini tadbiq qilish, iqlimga chidamlilikni oshirish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishda yordam bermoqdalar. Rivojlanish loyihalari uchun umumiy byudjet 1 milliard AQSh dollaridan oshadi. Jahon banki O’zbekistonning 2050 yilgacha mo’ljallangan uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish va qishloq xo’jaligi hamda suv ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilishni moliyalashtirish, tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish va energiya samaradorligini oshirish orqali O’zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o’tishiga ko’maklashadi. “Iqtisodiy Rivojlanish uchun Samarali Boshqaruv” (Effective Governance for Economic Development, EGED) dasturi haqiqiy ma’lumotlarga asoslangan yondashuvlar va qarorlar qabul qilish jarayonlarini joriy etishga qaratilgan. O’zbekiston Respublikasining kichik va o’rta korxonalari ”Yashil” Iqtisodiyotni Moliyalashtirish Mexanizmi (Green Economy Financing Facility, GEFF) doirasida 2019–2030-yillarga mo’ljallangan “yashil” iqtisodiyotga o’tish strategiyasiniamalga oshirishda ishtirok etmoqdalar. Jahon banki O’zbekiston hukumatini “yashil” iqtisodiyotga o’tish doirasida quyidagilar vositasida qo’llab-quvvatlaydi: “Yashil” o’sish bo’yicha kontseptsiya hujjatlarini ishlab chiqish Siyosiy muloqotlar turkumini o’tkazish Xalqaro konferensiyani tashkil etishdagi ko’mak Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling