O’zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o’tish va iqlim o’zgarishi muammolarini hal etish bo’yicha siyosiy muloqotlar uchun sharoitlar yaratish
1-sessiya 20.08.2021 Toshkent, O‘zbekiston
2021-yil avgustidan 2022-yil yanvarigacha Toshkent shahrida Jahon banki va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) tomonidan O’zbekiston hukumati bilan hamkorlikda yuzmayuz uchrashuvlar va video muloqotlar formatida siyosiy muloqotlar tashkil etildi. Muloqot ishtirokchilari iqlim bo’yicha majburiyatlarning bajarilishi va mamlakatning “yashil” iqtisodiyotga o’tish jarayonini ko’rib chiqdilar. Muloqotlar O’zbekiston va Markaziy Osiyoda tarmoqlararo va mavzuli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdilar.
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi (ITKQV) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Jahon banki bilan hamkorlikda “yashil” iqtisodiyotga o’tish doirasida olti (6) ta ustuvor yo’nalish va o’zaro bog’liq masalalarning uch (3) ta bloki belgilandi.
“Yashil” iqtisodiyotga o‘tishning ustuvor yo‘nalishlari 1
Tabiiy ofatlar va iqlim o’zgarishiga javob choralarini ko’rish
Tabiiy resurslardan
Barqaror va inklyuziv urbanizatsiya
Sanoat va iqtisodiyotning “yashil” va kam uglerodli rivojlanishi
Yashil moliyalashtirish
Qulay siyosiy muhit va samarali institutlar
Tashkiliy salohiyatni oshirish va kadrlarni rivojlantirish
O’zbekiston butun mamlakat aholisini uzoq muddatli jarayonga jalb etgan xolda iqtisodiyotning uglerod sarfini kamaytirish va tabiatdan foydalanishni barqaror rivojlantirishni ko’zlamoqda. Bu iqtisodiyotni iqlim o’zgarishi oqibatlariga tayyorlaydi, ortib borayotgan suv tanqisligi bilan kurashishga yordam beradi, chunki Orol ekologik falokati iqlim o’zgarishining oqibatlarini faqat kuchaytirayapdi. Mamlakat ekotizimlar va hayvonot dunyosini asrash va saqlab qolish, suv va yerdan samarali foydalanish, issiqxona gazlari chiqishini kamaytirishni davom ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |