World Bank Document


Toshkent shahrining ekologik rivojlanishi, xatarlari va barqarorligi


Download 1.18 Mb.
bet14/38
Sana23.12.2022
Hajmi1.18 Mb.
#1046249
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
P1708700b978730eb09a17023c938c721bc

Toshkent shahrining ekologik rivojlanishi, xatarlari va barqarorligi


Yuqori emissiya stsenariysi bo’yicha, hisob-kitoblarga ko‘ra, iqlim o’zgarishi natijasida, asrning oxiriga kelib Toshkent shahrida o’rtacha havo harorati 2.7–5.7oC ga ko’tarilishi mumkin, bu esa, tegishli choralar ko’rilmagan taqdirda, shahar aholisi yashash sharoitlarining yomonlashishiga, energiya tarmoqlari va chiqindilarni boshqarish tizimlarining ortiqcha yuklanishiga olib kelishi mumkin. Yanada kuchli yog’ingarchiliklar katta va kichik miqyosdagi shahar suv toshqinlariga sabab bo’lishi mumkin. Zilzilalar Toshkent shahri va O’zbekistonning boshqa shaharlari uchun potentsial xavf tug’diradi, shuning uchun binolar, shahar kommunikatsiyalari va infratuzilmalarni loyihalash ularning barqarorligini ta’minlashi kerak.
Hozirgi vaqtda jamoat transportining past darajada rivojlangani tufayli ko’chalarda avtotransportlar tirbandligi yuzaga keladi, bunda hosil bo’ladigan zararli chiqindilar, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi maʼlumotlariga ko’ra, katta shaharlardagi zararli chiqindilar umumiy hajmining 80 foizini tashkil qiladi. Kuzgi barglarni ochiq havoda yoqish va qattiq yoqilg’i bilan individual isitish amaliyoti shahar havosida mavsumiy ifloslantiruvchi moddalar hosil qilib, aholi salomatligiga salbiy ta’sir qiladi.
Toshkent shahri va O’zbekistonning boshqa yirik shaharlari oldidagi asosiy muammolar:




Shaharning rejadan tashqari kengayishi emissiyalarning o’sishiga va shaharlarning
8 iqlim zaifligiga olib keladi
Shahar aholisiga va infra- tuzilmasiga ta’sir qiladi- gan ekstremal obhavo hodisalari
Zilzilalar xavfi Jamoat transporti tizimlari rivojlanishini shaharlarning o’sish sur’atlaridan ortda qolishi

Toshkent Markaziy Osiyoning birinchi yirik shahri bo’lishi hamda O’zbekistonning boshqa shaharlari va qo’shni davlatlarni ilhomlantiruvchi tizimli shaharsozlik strategiyasi asosida ish olib boruvchi yetakchi shaharlar guruhiga qo’shilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni) samarali amalga oshirish bilan shahar transportining atrof- muhitga ta’sirini kamaytirish mumkin, bunda atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqishini 10 foizga qisqartirish, jamoat transportining 80 foizini tabiiy gaz va elektr energiyasiga o’tkazish hamda O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan va import qilinadigan yoqilg’ining sifat standartlarini oshirish hisobiga chiqindilarni kamaytirish nazarda tutilgan. Zilzilaga chidamli ishonchli qurilish texnologiyalari shahar binolarining zichligini oshirish imkonini beradi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling