World Bank Document


Download 1.18 Mb.
bet10/38
Sana23.12.2022
Hajmi1.18 Mb.
#1046249
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Bog'liq
P1708700b978730eb09a17023c938c721bc

Sessiyada


O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashish markazi NNT, Toshkent Davlat agrar universiteti, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutidan vakillar so’zga chiqdilar.
Rivojlanish bo’yicha xalqaro hamkorlar, jumladan, Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va Ko’p tomonlama investitsiyalarni kafolatlash agent- ligi (KTIKA)), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB), Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqalar — O’zbekiston huku- matining energetika sohasini karbonsizlashtirishga qaratilgan islohotlari va investitsiyalarini qo’llab-quvvatlamoqdalar. Shu munosabat bilan amalga oshirilayotgan tarmoq islohotlari, energiya samaradorligi va elektr transport tarmog’i samarador- ligini oshirish tashabbuslari bilan bir qatorda Jahon banki guruhi mamlakatdagi birinchi fotoelektr stansiyasi (FES), integral elektr stansiyasi (IES) va O’zbekistonda quyosh elektr energiyasi generatsiyasini kengaytirishdagi tarmog loyihasi — quv- vati 100 MVt bo’lgan mustaqil elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi “IES Nur Navoiy” ni (umumiy quvvati 1000 MVt bo’lgan yanada yirik loyiha doirasida) xarid qilish, jumladan tanlov savdolari o’tkazish bo’yicha ishlarni qo’llab-quvvatlamoqda. Ushbu tadbirlar O’zbekiston Respublikasi yoqilg’i-energetika kompleksini rivojlantirish kontseptsiyasiga muvofiq Jahon bankining Texnik yordam va kafolatlar dasturi (WB Technical Assistance and Guarantees) hamda XMK maslahat va moliyalashtirish das- turi (IFC Advisory and Financing) doirasida amalga oshirilmoqda, bu esa 2030 yilga kelib sof elektr generatsiyasi hajmini 16 GVtga, shu jumladan quyosh va shamol qurilmalaridan mos ravishda — 7 GVt va 5 GVt ga oshirishni nazarda tutadi. Yaqinda Jahon banki O’zbekiston Respublikasi hukumatiga ekologik toza energiyaga o’tish va iqlim sohasidagi maqsad ko’rsatkichlariga erishish bo’yicha strategiyalar, siyosatlar, chora-tadbirlar hamda investitsiyalar bo’yicha tavsiyalar berish maqsadida ener- getika sektorini karbonsizlantirish stsenariylarini kompleks baholash tashabbusi bilan chiqdi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling