World Bank Document
Download 1.18 Mb.
|
P1708700b978730eb09a17023c938c721bc
Muhokama va xulosalarO’zbekiston hukumati va davlat organlari tomonidan shaharlarda, shaharlar atrofi yashil hududlarni barpo etish va kengay- tirishga katta e’tibor qaratilmoqda va buning uchun yetarli mablag’ ajratilmoqda; Shaharlarda yashash sharoitlari va butun O’zbekiston bo’ylab shaharlar muhiti yaxshilanmoqda, qo’shimcha maqsadli chora-tadbirlar shaharlarning iqlim barqarorligini oshirish, urbanizatsiya jarayonida “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish va shaharlarda iqlim o’zgarishi oqibatlarini yumshatish imkonini beradi; Ilmiy jihatdan Markaziy hududlarda qurilgan shaharlarning zichligini oshirish shahar infratuzilmasini, shu jumladan ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini, jamoat transporti yo’llarini, avtomobil yo’llarini va yashil maydonlarni optimallashtirishga yordam beradi; O’zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Kontseptsiyasi (loyiha) va O’zbekistonning yirik va o’rta shaharlarining bosh rejalarini yangilash bo’yicha vazifalar keyingi maqsadli harakatlar uchun yaxshi asos yaratadi; 2019–2028 yillarga mo’ljallangan chiqindilarni boshqarish bo’yicha strategiya mintaqaviy yondashuvga o’tishda shahar chiqindilarini yig’ishni optimallashtirish va boshqaruvni yaxshilashga qaratilgan. Chiqindilarni boshqarish operatsiyalar, moliyalashtirish, qonunchilik, monitoring va ijro etish, atrof-muhitni boshqarish va barcha aholi uchun uzoq muddatli barqarorlikka erishishga qaratilgan ijtimoiy inklyuziya bo’yicha barqarorlikni hisobga olgan holda kompleks tarzda hal qilinishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling