World Bank Document
Iqlim siyosatidan eng ko’p zarar ko’rgan odamlar va hududlarni qo’llab-quvvatlash
Download 1.18 Mb.
|
P1708700b978730eb09a17023c938c721bc
Iqlim siyosatidan eng ko’p zarar ko’rgan odamlar va hududlarni qo’llab-quvvatlash 7-sessiya 02.12.2021 Toshkent, O‘zbekiston Iqlim sharoitiga sezgir bo’lgan hududlar va sohalarda ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, bandlik va ta’limni rivojlantirishOrolbo’yi mintaqasi Orol dengizining ekologik halokati tufayli ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan aziyat chekayotganiga, ish o’rinlari qisqarayotganiga yorqin misoldir. Shu bilan birga, bu ijtimoiy-iqtisodiy va atrof-muhitni tiklash sohasidagi chora-tad- birlar va Innovatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishining namunasi hamdir. Mahalliy ekspertlarning fikricha, 2030-yilga borib 2 millionga yaqin kishi o’z ishini va tirikchilik manbalarini yo’qotishi mumkin. Shuning uchun “yashil” o’sish rivojlanishning asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib, ushbu kontseptsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish adolatli o’tish va yangi ish o’rinlarini yaratishga bog’liq. Jahon banki O’zbekistonda ta’lim sohasidagi islohot- lar, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish bo’yicha loyihalarni moliyalashtiradi. Mazkur islohotlar tufayli yaqin yillarda kam ta’minlangan va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamidan 1 millionga yaqin kishi ish bilan ta’minlanishi mumkin. O’zbekiston aholisi jadal sur’atlar bilan o’sib bormoqda. Hozirgi vaqtda uning soni 35 million kishini tashkil etadi, shundan 13 million kishi ish bilan band. “Yashil” ish o’rinlari bo’yicha statistika hali mavjud emas. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “yashil” iqtisodiyotga oid kadrlar tayyorlash va malaka oshirish bo’yicha katta rejalari bor. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ekologiya va tabiatdan foydalanish bo’yicha kasb-hunar va ixtisoslashtirilgan ta’limni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Mamlakat oliy ta’lim muassasalari — masalan, Toshkent davlat texnika universiteti, 13 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti o’quv dasturlarini takomillash- tirish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ish olib bormoqdalar. O’zbekistonda aholi dinamikasi va “yashil” o’tish davridagi muammolar: Aholi sonining tez o’sishi va o’rtacha yoshining pastligi, ta’limga bo’lgan talabning ortib borishi Ekologik noqulay hududlardan aholi- ning migratsiyasi yoki ko’chirilishi Bir qator tarmoqlarda bandlikning qisqarishi, yangi “yashil” bandlik uchun qayta tayyor- lash zarurati Iqlim o’zgarishidan zarar ko’rgan uy xo’jaliklarini boshqaradigan ayollar va qishloq xo’jaligi xo- dimlarini bevosita qo’llab-quv- vatlash va qayta tayyorlash “Yashil” iqtisodiyotga jadal o’tish mehnat bozori tarkibidagi o’zgarishlarga olib kelishi mumkin — ba’zi hunarlar, ayniqsa ko’mir qazib olish va yoqilg’i sohasidagi kasblar kamroq ahamiyatli bo’lib qoladi. Energiya, suv, oziq-ovqat narxlari bir vaqtning o’zida oshishi ularni sotib olish imkoniyatini pasaytirishi va qashshoqlikning oshishiga olib kelishi mumkin. Markaziy Osiyo mam- lakatlari, jumladan, O’zbekistonda ayollar ko’pincha qishloq xo’jaligida bandligini hisobga olsak, jazirama issiq va boshqa eks- tremal ob-havo hodisalari qishloq mehnatkashlariga va ayollar boshqaradigan uy xo’jaliklariga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmasa, iqlim o’zgarishi iqtisodiyot, bandlik va mehnat sharoitlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ko’pgina mamlakatlar allaqachon turli xil yechimlarni amalga oshirmoqdalar, jumladan: aholining kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini bevosita qo’llab-quvvatlash; “yashil” isitish va elektr energiyasi uchun maqsadli subsidiyalar; kasbiy ta’lim va kadrlarni qayta tayyorlash; Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling