World Bank Document
Murakkabliklar va noaniqliklar
Download 1.18 Mb.
|
P1708700b978730eb09a17023c938c721bc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhokama va xulosalar
12 Murakkabliklar va noaniqliklarIIqlim o’zgarishi suv tanqisligiga, sellarga, muzlik ko’llarining yorilishi tufayli kutilmagan suv toshqiniga, qurg’oqchilik- ka, chang bo’ronlarining ko’payishiga olib kelishi mumkin; Qishning issiq kelishi tog’larda qor zahiralarining kamayishida o’z aksini topadi, va bu sug’orishning eng yuqori mavsu- mida suv tanqisligiga olib keladi; Bahordagi yuqoriroq shiddatli yog’ingarchiliklar sel oqimlarini keltirib chiqaradi va qor erishi ertaroq sodir bo’lishini hisobga olsak, qorning faol erishi va kuchli yog’ingarchilikning kombinatsiyasi toshqinlar xavfi oshiradi; Haroratning o’zgaruvchanligi va kun davomida tebranishi oshib boradi, bu o’simliklarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi hamda kasalliklar va zararkunandalarning tarqalishiga hissa qo’shadi. Muhokama va xulosalarEroziya va cho’llanishdan zarar ko’rgan o’rmon plantatsiyalari va landshaftlarini tiklash va kengaytirish, shuningdek aholini va shahar xizmatlarini erta ogohlantirish orqali qum bo’ronlarining ta’sirini kamaytirish mumkin; Transchegaraviy ob-havo va toshqinlarni prognoz qilish muhim ahamiyatga ega va hozirda Jahon banki tomonidan Markaziy Osiyo suv toshqini haqida erta ogohlantirish tizimini (CAFEWS) ishlab chiqish orqali qo’llab-quvvatlanmoqda; Tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha mintaqaviy hamkorlik muhim ahamiyatga ega va Markaziy Osiyo mamlakatlari favqulodda vazirlik va idoralari tomonidan tashkil etiladigan mintaqaviy forumlar orqali muvofiqlashtiriladi; Tabiiy ofatlarni oldini olish va falokatdan keyingi tiklanish hamda javob choralari ko’rishga investitsiyalarni yo’naltirish va ularni muvozanatlash kerak; Ideal holda, ob-havoga qaram bo’lgan u yoki bu sohani nazorat qiluvchi har bir vazirlik iqlim masalalarini hal qilish va iqlim o’zgarishining ta’siriga o’z sohasi barqarorligini monitoring qilish uchun bo’lim va kadrlarga ega bo’lishi kerak; Orol dengizi ekologik halokati oqibatlarini yumshatish bo’yicha chora-tadbirlar iqlim o’zgarishiga moslashish cho- ra-tadbirlari bilan o’zaro bog’liqdir. o‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling