World Bank Document
Aylanma iqtisodiyotni joriy qilish sari qadamlar
Download 1.18 Mb.
|
P1708700b978730eb09a17023c938c721bc
Aylanma iqtisodiyotni joriy qilish sari qadamlarO’zbekiston uchun aylanma iqtisodiyotni rivojlanish muammolarini hal etish, iqtisodiyotni “yashil”lashtirish bo’yicha milliy va tarmoq strategik maqsadlariga erishish yo’lidir. Aylanma iqtisodiyot bu iqlim o’zgarishi, biologik xilma-xillikning yo’qolishi, chiqindilar va atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog’liq global muammolarning tizimli yechimlari to’plamidir. Tiklanadigan energiya manbalari va materiallarga o’tish orqali qo’llab-quvvatlanadigan aylanma iqtisodiyotning markazida uchta asosiy tamoyil mavjud: chiqindilar va ifloslanishni bartaraf etish, tovarlar va materiallarning aylanishi (ularning eng yuqori qiymati bo’yicha) va tabiiy tizimlarni qayta tiklash. O’zbekistonda aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida Koreya “Yashil” o’sish trast fondi (Korea Green Growth Trust Fund, KGGTF) moliyaviy ko’magida 2020-yilning mart oyidan boshlab Jahon banki tomonidan mamlakatda maqsadli Texnik ko’mak (TK) dasturi amalga oshirilmoqda. Dastur analitik ishlanmalarni, salohiyatni oshirish bo’yicha tadbirlarni va aylanma iqtisodiyotni “yashil” iqtisodiyotga yo’l sifatida ilgari surish uchun bilimlar almashinuvini o’z ichiga oladi. Ushbu TK dasturi tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat chiqindilari hajmini kamaytirish, issiqxona gazlari chiqishi va ifloslanishni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni chuqur baholash maqsadida “qishloq xo’jaligi — oziq-ovqat” 6 ishlab chiqarish-sotish zanjiriga qaratilgan. Ayni paytda davlat organlari bilan birgalikda agrosanoat tovarlari ishlab chiqa- rish-sotish zanjiri doirasida aylanma iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish bo’yicha harakatlar rejasi ustida ish olib borilmoqda. Chiqindilar O‘g‘itlar Energiya Yo‘qotishlar Suv Chiqindilar Qadoqlash Suv Energiya Qadoqlash Qadoqlash: plastmassa, metall, shisha Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling