Uzoq muddatli strategik karbonsizlantirish choralari global va milliy darajadagi iqlim siyosatining muvaffaqiyati uchun, shuningdek, tegishli maqsadli ko’rsatkichlarga erishish uchun juda muhimdir;
Muvaffaqiyatli strategiyalar aniq ifodalangan ko’rinishi, sohalarning yo’l xaritalari hamda tarmoqlararo yondashuvning mavjudligi bilan xarakterlanadi;
O’zbekiston Respublikasining iqlim o’zgarishi bo’yicha 2030-yilgacha bo’lgan strategiyasi yaqin vaqtda tasdiqlanadi. Uni amalga oshirish bo’yicha tegishli yo’l xaritalari har 3 yilda yangilanadi, bu esa global iqlim siyosatidagi o’zgarishlarga moslashuvchan munosabatda bo’lish hamda ilg’or jahon tajribasi va yechimlarini joriy etish imkonini beradi;
Iqlim o’zgarishi bo’yicha qo’shimcha normativ-huquqiy hujjatlar barcha darajadagi strategiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.
o‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish
Tabiiy ofatlarga javob choralari tizimini kuchaytirish orqali iqlimga chidamlilikni oshirish
6-sessiya 18.11.2021 Toshkent, O‘zbekiston
Glazgodagi TK-26 natijalari: O’zbekiston va Markaziy Osiyo jahon miqyosida o’zini namoyon qildi
2021-yilning 31-oktabrdan 13-noyabriga qadar Buyuk Britaniyaning Glazgo shahrida Birlashgan Millatlar tashkilotining iqlim o’zgarishi bo’yicha doiraviy Konventsiyasi (BMT IO’DK) ning 26-tomonlar konferentsiyasi (TK-26) bo’lib o’tdi. Bunday yirik xalqaro tadbirda ilk bor Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) sa’y-harakatlari bilan xalqaro hamkorlar ko’magida “5 mamlakat — 1 hudud — 1 ovoz” Markaziy Osiyo pavilyoni tashkil etildi. Pavilyonda mintaqaviy va milliy bayonotlar taqdim etildi; O’zbekiston ushbu maydondan jahon hamjamiyatini iqlim va “yashil” o’tish davrining milliy ustuvorliklari, iqlim xatarlari hamda maqsadlari haqida xabardor qilish uchun foydalangdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |