World Bank Document


Iqlim o’zgarishi bilan bog’liq xatarlar va imkoniyatlar: 2030-yilgacha bo’lgan iqlim strategiyasi loyihasidan 2050-yilgacha uzoq muddatli karbonsizlanish strategiyasiga


Download 1.18 Mb.
bet16/38
Sana23.12.2022
Hajmi1.18 Mb.
#1046249
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Bog'liq
P1708700b978730eb09a17023c938c721bc

Iqlim o’zgarishi bilan bog’liq xatarlar va imkoniyatlar: 2030-yilgacha bo’lgan iqlim strategiyasi loyihasidan 2050-yilgacha uzoq muddatli karbonsizlanish strategiyasiga


5-sessiya 14.10.2021 Toshkent, O‘zbekiston

“Yashil” o’sish ustuvorliklari




2050

O’zbekiston hukumati tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish, kam uglerodli energetika, ifloslanish darajasini pasaytirish, tabiiy ofatlar va iqlim o’zgarishi oqibatlariga tayyor turishga asoslangan iqtisodiy o’sish modeliga intiladi. Rivojlanish bo’yicha xalqaro hamkorlar O’zbekistonga 2030-yilgacha “yashil” o’tish strategiyasini amalga oshirishda va 2050-yilgacha iqtisodiyotni karbonsizlash bo’yicha uzoq muddatli istiqbolni ishlab chiqishda yordam beradi. “Yashil” o’sishning kelishilgan ustuvor yo’nalishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
aholini muhofaza qilish, zarar ko’rgan hududlar, aholi guruhlari va iqtisodiyot tarmoqlariga moliyaviy va boshqa favqulodda yordamlar ko’rsatish orqali tabiiy ofatlarga tayyorlik va iqlim o’zgarishiga chidamlilik;
bozor islohotlari, qishloq va suv xo’jaligi sohasidagi inklyuziv siyosat, xususiy sektorni tegishli jarayonlarga jalb qilish

orqali tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish; 9


chiqindilarni kamaytirish, korxonalarni modernizatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish va issiqxona gazlari chiqishini kamaytirish orqali sanoat va iqtisodiyotni “yashil” rivojlantirish;
iqtisodiyot tarmoqlarining “yashil” o’tishini qo’llab-quvvatlash uchun “yashil” investitsiyalar va innovatsiyalar;
barqaror va inklyuziv urbanizatsiya hamda “yashil” iqtisodiyotga o’tishdan eng ko’p zarar ko’rgan aholi va hududlarni qo’llab-quvvatlash, jumladan kompetentsiyalarni rivojlantirish va “yashil” ish o’rinlarini yaratish.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling