World of Science April,Volume-6, Issue-4
Download 55.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Sulaymonov Shoirbek Bahodir o’g’li
World of Science
April,Volume-6, Issue-4 127 daromadlarini ko‟paytirishni, xususiy va institutsional investorlarga huquqiy kafolatlar berishni o‟z ichiga oladi. Ushbu tizim O‟zbekiston iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish va rag‟batlantirishning keng qamrovli maqsadli konseptsiyasi asosida yaratilishi mumkin. “Investitsiya va innovatsiyalar” fanining asosiy maqsadi – talabalarda investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari, investitsiyalarni jalb etish, davlat investitsiya dasturini shakllantirish, investitsiya loyihalarini baholash va monitoringini tashkil etish bo„yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish bo„lib hisoblanadi. Fanning vazifasi – talabalar investitsiya fanida o„rganadigan savollarni to„liq o‟rganish uchun quyidagilarga e‟tiborli bo‟lishlari kerak: investitsiya va innovatsiyalarning iqtisodiy tabiati, mazmuni va ahamiyati; investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish; investitsiya jarayonlarini amalga oshirish bosqichlari; O„zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari; iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni o„rni; iqtisodiyotning xalqaro integrasiyasida xorijiy investitsiyalarning o„rni va ularning xalqaro harakatini tartibga solish; iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o„rni; iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishda xususiy investitsiyalarning o„rni va ahamiyati; investitsiya muhiti va unga ta‟sir etuvchi omillar; davlat investitsiya dasturini shakllantirish tartibi; kapital qurilishni amalga oshirish va moliyalashtirish tartibi; investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash; investitsiya faoliyatida moliyaviy vositalar va investitsiya faoliyatini kreditlash; investitsiyalarni moliyalashtirish uchun pul mablag„larini to„plash usullari va shakllari, investitsiya faoliyatida lizing va investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish; nomoddiy aktivlarga yo„naltirilgan investitsiyalar; innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish va joylashtirish usullari; innovatsiya strategiyasini mohiyati; innovatsion loyihalarni venchurli moliyalashtirish; mamlakat innovatsion faoliyatini baholashning xorij tajribasi; venchurli moliyalashtirishda yuzaga keladigan innovatsion risklar; investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo„llari bo„yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o„rgatishdan iborat. Investitsiya faoliyati subyektlaring huquqlari O‟zbekiston Respublikasing Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‟g‟risidagi qonunining 15-,24-,25-,26-,27-,28-,29-moddalariga asosida kafolatlanadi. Investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining davlat kafolatlari va investitsiyalarni himoya qilish 15-modda. Investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling