X- bob. Sanoatpechining


Download 1.76 Mb.
bet12/21
Sana30.04.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1411743
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
10-11-bob

Tayanch iboralar:YuHQning matematik modelini shakllantirish, hisoblash algoritmini tanlash,EHM uchun dasturni tuzish,tuzilgan dastur asosida, hisoblash ishlarini amalga oshirish,hisoblash algoritmini

Yuqori haroratli qurilmalar (YuHQ)ni matematik modellash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
1).YuHQning matematik modelini shakllantirish, hisoblash algoritmini tanlash;
2).EHM uchun dasturni tuzish;

3).tuzilgan dastur asosida EHQda hisoblash ishlarini amalga oshirish; 4).natijalarni tahlil qilish.

YuHQningmatematik modeli qо‘yilgan masalaning xususiyatiga bog‘lik holda besh xil murakkablik darajasiga ega bо‘lishi mumkin. Masalan, sanoat korxonalari


turkumining yokilg‘i-energetik balansini optimallash paytida tuziladigan matematik modellar tayyor mahsulot qiymatining yoqilgi va boshqa turdagi energiyalar sarfiga statik bog‘likligi asosida shakllanishi mumkin. Korxona miqyosida faqat berilgan ma’lum haroratdagi YuHQning ish holati uchun tuzilgan material va energetik balanslarnn aks ettiruvchi matematik modellardan foydalanish mumkin.
Ikkala misolda ham murakkabligi birinchi darajali murakkablikka bо‘lgan matematik modelga ega bо‘lamiz.
YuHQ ning ikkinchi darajalimurakkablikka ega bо‘lgan modeli shu qurilmaning reaktori (ishchi bо‘shlig‘i) dagi issiqlik va massa almashuvi dinamikasini hisobga oladi. Bu model ishlab turgan YUHQlarning va sexning yoqilgi - energetik majmui ish holatlari parametrlarini optimallashtirish masalasini yechishga imkon beradi.
YuHQ ning uchinchi darajalimurakkablikka ega bо‘lgan matematik modellari issiqlik va massa almashuvi jarayonlarining qurilma reak-torining konstruktiv xususiyatlariga bog‘likligini hisobga oladi. Bunday
modellar YuHQning faqat ish holatlarini emas, balki uning asosiy konstruktiv parametrlarini va birinchi galda reaktor kamerasining geometrik xarakteristikalarini optimallash imkonnni beradi. Ammo uchinchi darajali matematik modellar YuHQning fakat oldindan berilgan turinigina aks ettiradi. YuHQning uchinchi darajali modellarida matematik ifodalanishi jihatdan juda murakkab bо‘lgan jarayonlar (yopik, hajmdagi gazlarning harakati, yoqilgining alangali yonish jarayoni va boshqalar) fizik modellarda olingan emperik tenglamalar orqali ifodalanadi. Uchinchi darajali modellar YuHQni avtomatik loyihalash tizimini ishlab chiqish uchun asos bо‘lib xizmat kilish i mumkin.
YuHQning tо‘rtinchi darajalimurakkablikka ega bо‘lgan matematik modellari oldindan qabul qilinadigan konstruktiv sxema bilan cheklanmaydi, balki texnologik jarayonni amalga oshirish paytida qatnashadigan fizik hodisalarning ketma-ketligi oldindan berilgan bо‘ladi.
Nihoyat, YuHQning eng yuqori-beshinchi darajali murakkablikdagi

matematik modeli maqsadga erishish uchun, ya’ni rejalashtirilgan sifatga ega bо‘lgan mahsulotni olish uchun, fizik vositalarni tanlashda cheklanmagan bо‘lishi kerak. Beshinchi darajali matematik model universal deb qaralishi mumkin, chunki undan ayrim bloklarni ketma-ket chiqarish yо‘li bilan har qanday darajadagi modelni olish mumkin.


Hisoblash algoritmini tanlash paytida yechiladigan masala xususiyatlarini nazarda tutish lozim. Masalani yechishga о‘tishdan oldin optimal algoritmni tanlashga ma’lum miqdorda vaqt sarflab, keyinchalik kо‘plab soatni tejash mumkin. Tegishlimasalalarni yechish uchun optimal algoritmlarni tanlash bо‘yicha mamlakatimizda ishlab chiqilgan va chet tillardan tarjima qilingan yetarli miqdorda qо‘llanmalar mavjud.
EHM uchun dastur tuzish bosqichi amaliy dasturlar paketi borligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Masalan, yoqilgi yonishini hisoblash, yoqish moslamalarini hisoblash, rekuperatorlarni hisoblash, tо‘siq orqali о‘tadigan issiqlik oqimlarini hisoblash va boshqalar bо‘yicha dasturlar mavjud. Oldindan tuzilgan va sozlangan dasturlar asosida qator hisoblashlar bajariladi, ular natijasida obyekt ishini ifodalovchi sonlar turkumi hosil bо‘ladi.
Oxirgi bosqichda natijalar tahlil qilinadi. Bu bosqichda odatda matematik modelga va hisoblash algoritmiga aniqlik kiritiladi va matematik modellash sikli yanada mukammalroq asosda takrorlanadi. Matematik modellash va uni qо‘llash natijasida kо‘zlangan maqsadga erishish uchun aniq mikdoriy shaklda ifodalangan amaliy tavsiyalar beriladi.


Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling