javob: Mg = 9,25 kg/kg; mkul = 0,0253.
6 – masala. Tarkibi: CO2 = 0,2 %; CH4 = 98,2 %; C2H6 = 0,4 %; C3H8=0,1 %; C4H10=0,1 %; N2 = 1,0 % bo’lgan 1 m3 tabiiy gaz to’liq yonganda, yonish
mahsulotlarining massasi aniqlansin. Bunda quruq gaz zichligi o’txonadagi havoning ortiqchalik koeffisiyenti ayo=1,15 deb qabul qilinsin.
Javob:
XI-BOB. YUQORI HARORATLIQURILMALARNI MATEMATIK MODELLASH VALOYIHALASH
11.1.Asosiytushunchalar
Tayanch iboralar:model (nusxa),fizik modellashlar,matematik modellashlar, analog hisoblash mashinalari, raqamli hisoblash mashinalari,model-analoglar va strukturali analog.
Ob'ektning о‘zini tadqiq qilish qiyin, qimmat va kо‘p vaqt talab qiladi yoki ayrim hollarda umuman tadqiq qilish mumkin bо‘lmaydi (masalan, loyihalash paytida), bunday vaqtlarda modellashga zarurat tug‘iladi.
Model (nusxa) - bu biror bir obyektning kichiklashtirilgan vaqulaylashtirilgan nusxasi bо‘lib, uning xarakteristikalarini о‘rganish uchun yaratiladi.
Modellarni tegishlicha qо‘yidagi turlarini: 1).fizikmodellashlar
2).matematik modellashlar turlarini aytib о‘tishimiz mumkin.
Fizik modellashda haqiqiy obyekt bilan uning modeli (nusxasi) bir xil fizik tabiatga ega bо‘ladi.
Matematik modellashda hodisaning о‘zi bilan emas, balki undan olingan nazariy “namuna”, ya’ni modeli ustida ish olib boriladi. Bu model tekshirilayotgan hodisa bо‘ysunadigan asosiy qonuniyatlarni matematik formada ifodalaydi. Matematik model - bu tadqiq qilinayotgan real obyektning ayrim xarakteristikalarini ifodalovchi matematik nisbatlar sistemasidir.
Matematik nisbatlarning u yoki bu turkumi matematik model deb atalishi uchun ular obyektning asosiy xossalari va о‘zaro bog‘lanishlarini tо‘la aks ettirishi shart.
Matematik modellashda о‘zaro bog‘langan turli parametrlarni о‘zgartirish yо‘li bilan jarayonni EHM yordamida tadqiq qilinadi. Bu о‘rganilayotgan jarayon kechishining turli kо‘rinishlari haqidagi ma’lumotlarni tez olish va modelning, shu bilan birga о‘rganilayotgan real jarayonning optimal variantlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |