X- bob. Sanoatpechining
Download 1.76 Mb.
|
10-11-bob
10.6.Ayrim sanoat korxonalarinnig issiqlik balansi
Og‘ir mashinasozlik korxonalarida mazut yoki tabiiy gazda ishlovchi marten pechlari urnatiladi. Og‘ir mashinasozlik zavodining issiqlik balansi 3.4-rasmda keltirilgan. Bu zavodning pulat quyish sexi marten pechlari bilan va chuyan quyish sexi esa-vagrankalar bilan jihozlangan. Silikatlar ishlab chiqaradigan zavodning issiqlik balansi nisbatan soddaroq buladi. Bunday zavodning pechlari tabiiy gazda, mazutda yoki kumir. kukunida ishlaydi. Qattiq yoqilg‘i shaxtali pechlarda va qatlamli utxonasi bulgan kamerali pechlarda qullaniladi. Chiqib ketuvchi gazlardan va toblab pishirilgan tayyor mahsulotni sovituvchi havodan turli material va buyumlarni quritish uchun foydalanish imkoniyatining mavjudligi silikat zavodlarining uziga xos xususiyati hisoblanadi. Yana bir misol sifatida neftni qayta ishlash zavodining issiqlik muvozanatini keltiramiz. Bu zavod quvurli pechlar bilan jihozlangan, ularda neftning krekingi va pirolizi amalga oshiriladi Bunday usulda hosil qilingan va qayta ishlangan mahsulotlar isiqlik almashtirgichiga beriladi va ularda motor yoqilg‘ilari, moy va shuningdek, mazut, kreking gazi, piroliz gazi va boshqalar olinadi. Neftni qayta ishlash zavodining issiqlik (yoqilg‘i-energetik) balansi. I.Kiritilgan issiqlik, % : a) Yoqilg‘iningyonish issiqligi . . . . . . . . . . . . . . . . . . 55,8 b) Zavodga beriladigan bug‘ va issiq suvning issiqligi . ..36,8 v) Iste’mol qilingan elektr energiyasiga ekvivalent issiqlik .................................................................................7,4 ———— Jami-100,0 II. Sarflangan issiqlik, %: a) Issiqlik yuqotilishlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . 86,0 shu jumladan: sovitish suvi bilan . . . . . . . . . . 54,1 chiquvchi gazlar bilan . . . . . . . . 16,5
————— Jami: 100,0 Sovitish suvi va chiquvchi gazlar bilan yuqotiladigan issiqlik asosiy yuqotilishlar hisoblanadi. Pechdan chiquvchi gazlarning issiqligi odatda qozon-utilizatorlarda bug‘ ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling