X- bob. Sanoatpechining


Download 1.76 Mb.
bet4/21
Sana30.04.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1411743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
10-11-bob

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Domna
10.5.Metallurgiya zavodining issiqlik balansi (muvozanati)

Metallurgiya zavodi domna, marten, metallni chig‘irlab yoyish, energetik va yordamchi sexlardan iborat. Odatda koks ishlab chiqaradigan korxonalar metallurgiya zavodiga yaqin masofada joylashgan buladi. Bunday yaqinlik metallurgiya zavodining marten va qizdirish pechlariga koks gazini etkazib berishni osonlashtiradi. Agar metallurgiya zavodiga beriladigan yoqilg‘ining barcha


kimyoviy energiyasini 100% deb qabul qilsak, uning 75,9% i kokslash uchun keltirilgan kumirda mujassamlangan buladi. Koksning yirik qismi domna sexiga beriladi va mayda qismi esa aglomeratsiya uchun va elektr stansiyaning qozonlarida yoqish uchun ishlatiladi. Koks zavodi kumirdan tashqari yana quyidagilarni oladi: domna gazini (10,2%), bug‘ni (3,3%), va elektr energiyasini (0,96%). Koksning kimyoviy issiqligi zavod ishlatgan isiqlikning 47,7% ini, koks gazining kimyoviy issiqligi 16,1% ini va koks maydasining kimyoviy issiqligi 12,2% ini tashkil qiladi. Yuqotilgan issiqlik 14,5% ga va koks zavodining foydali ish koeffitsenti 84% ga teng.
Domna sexining issiqlik balansi kurib chiqilganda quyidagilarga e’tibor berish lozim: domna pechiga yuklanadigan koksning kimyoviy bog‘langan issiqligi 43,92% ni tashkil qiladi; chetga chiqarilgan koks kukunlari 3,78%, havoni qizdirish uchun kauperlarda yondiriladigan domna gazi 3,54% ; domnalarga yonish uchun beriladigan havoni uzatishga sarflanadigan birlamchi yoqilg‘i 5,38% ; elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan yoqilg‘i zavodga berilgan hamma yoqilg‘ining 0,36 % ini va bug‘ olish uchun esa - 0,84% ini tashkil qiladi. Zavodga berilgan issiqlikning umumiy miqdori 57,82% ga teng. CHuyanni eritish paytidagi kimyoviy reaksiyalarning yig‘indi issiqligi 15,7% ni, domna gazining kimyoviy bog‘langan issiqligi 27,1% ni, marten pechlarida foydalaniladigan chuyanning fizik issiqligi 3,53% ni tashkil qiladi.
Foydali sarflanadigan issiqlik quyidagilardan tarkib topadi: domna jarayoniga sarflangan issiqlik (kimyoviy reaksiyalarning issiqligi) - 15,7%, domna gazining kimyoviy bog‘langan issiqligi - 27,1%, koks kukunining yonish issiqligi-3,78%, marten pechida foydalaniladigan chuyanning fizik issiqligi - 3,53%. Demak, foydali sarflangan issiqlik zavodga berilgan umumiy issiqlikning 50,11% ini tashkil qiladi. SHuning uchun sexning foydali ish koeffitsienti (50,11/57,82).100 = 86,8% ga teng. Foydali ish koeffitsientini yanada oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim: a) domna pechlarida bug‘lanishli sovitish usulini qullash, hosil bulgan bug‘dan texnologik va energetik maqsadlarda foydalanish ; b) toshqol (shlak) ning fizik issiqligidan foydalanish .
v) yonish uchun beriladigan havoning namligini oshirish va uni kislorod bilan boyitish va hokazo.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling