X- bob. Sanoatpechining
Download 1.76 Mb.
|
10-11-bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ba’zi texnologik jarayonlar uchun shartli yoqilg‘ining solishtirma sarflari
10.4.Yoqilg‘iinigsolishtirshma sarfi va uni kamaytirish usullari
Yoqilg‘idanfoydalanish darajasini baholash paytida tayyor mahsulotning har bir tonnasiga sarflangan shartli yoqilg‘i (yonish issiqligi-29330 kJoul/kg)ni ifodalovchi solishtirma birliklardanf oydalaniladi. Bir tonna material yoki buyum uchun yoqilg‘ining hisobiy solishtirma sarfi: (10.25) bunda: b- natural yoqilg‘ining solishtirma sarfi, t/t. Ba’zi texnologik jarayonlar uchun shartli yoqilg‘ining solishtirma sarflari Bir tonna tayyor mahsulot uchun shartli yoqilg‘ining solishtirma sarfi: (10.26) bunda: K1<1 - tayyor mahsulot chiqishini ifodalovchi koeffitsient; K2>1 - takroriy qizdirishlarni, pechning salt yurishini va boshqalarni hisobga oluvchi koeffitsient. Bu koeffitsientlar hisoblab topiladi. Shartli yoqilg‘ining solishtirma sarfi bilan texnologik foydali ish koeffitsienti urtasida quyidagi bog‘liqlik mavjud: (10.27) yoki (10.28) bunda: bSH -shartli yoqilg‘ining solishtirma sarfi, t/t; hTEXN - texnologik FIK ; QTEXN - 1 tonna mahsulotga texnologik ishlov berish uchun foydali sarflangan issiqlik; 29,33 GJoul-1 tonna shartli yoqilg‘ining yonish issiqligi. Yuqorida keltirilgan (10.28) tenglamaga asosan bir tonna pulatni 12000C gacha qizdirish uchun issiqlikning foydali sarfi: Q= 0,838 GJoul/t. Demak, bu jarayonning texnologik foydali ish koeffitsienti: Yuqorida keltirilgan pechlarning issiqlik balanslarini va ularning ayrim qismlarini ko'rib chiqish natijasida yoqilg‘i sarfini kamaytirish bo'yicha qanday chora-tadbirlar ko'rish lozimligi hal qilinadi. Bu jihatdan pechning ishchi bo'shlig‘idan chiqib ketuvchi gazlar bilan yuqotiladigan issiqlikni kamaytirish juda muhimdir.Ular odatda pechga sarflanadigan issiqlikning 30¸60%ini tashkil qiladi.Bu yuqotilishlarni kamaytirish uchun gazlarning issiqligidan ko'proq foydalanishga va chiqib ketuvchigazlarning miqdorini kamaytirishga intilishlozim (pechga tashqaridan havo surilishini bartaraf qilish, havoning quyi ortiqligida yoqilg‘ini yoqish va hokazo). Gazlarning issiqligidan tularoq foydalanish uchun pechning ishchi bushlig‘idagi issiqlik almashuvini jadallashtirish lozim. Pechdan chiqib ketuvchi gazlarning issiqligidan foydalanish uchun yonishga beriladigan havoni va gazli yoqilg‘ini regenerativ moslamalarda qizdirish lozim. Agar bu issiqlik nisbatan ko'p bulsa, undan qozon-utilizatorlarda foydalanish mumkin. Yonish komponentlarining haroratini oshirish, alangani vanna buylab berish yoqilg‘i sarfini kamaytiradi va pechning unumdorligini oshiradi. O‘tga chidamli materiallarni toblashda qullaniladigan davriy ishlovchi kamerali pechlarni uzluksiz ishlaydigan tunelli pechlar bilan almashtirish pech qoplamasini davriy qizdirishga sarflanadigan issiqlik QQOPL ni va chiqib ketuvchi gazlar bilan yuqotiladigan issiqlik QCH.G ni kamaytiradi. Bu paytda yoqilg‘ining sarfi 2-3 marta qisqaradi. Yuqori haroratli pechlarda tutun gazlarining retsirkulyasiyasi katta samara berishi mumkin. Yoqilg‘iningkimyoviy va mexanik chala yonishi bilan bog‘liq bulgan yuqotilishlar (QK.CH.YO + QM.CH.YO)ni yonish jarayonini tug‘ri tashkil qilish yuli bilan, ya’ni yoqish moslamalari konstruksiyalarini yaxshilash va ularni tug‘ri ishlatish bilan kamaytirish mumkin. Atrof-muhitga yuqotiladigan issiqlik QA.M ga va pechning ichki qoplamasini qizdirishga ketadigan issiqlik QQOPL. ga katta ahamiyat berish lozim. Bu yuqotilishlar umumiy issiqlik sarfining salmoqli ulushini tashkil qiladi, masalan, QA.-M marten va shisha eritish pechlarida umumiy issiqlikning 30% iga teng va QQOPL. esa davriy ishlaydigan pechlarda, masalan, sopol buyumlarni pishirish pechlarida, 30% dan ham ortadi. Atrof-muhitga yuqotiladigan issiqlikni kamaytirish uchun pechning qubbasi va pastki qismi issiqlik o‘tkazmaydigan materiallardan, birinchi galda-diatomitli g‘ishtlardan ishlanadi, ularning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti oddiy g‘ishtnikiga nisbatan 3-5 marta kamdir. Pech devorining qoplamasi kup qatlamli qilib bajariladi - ichki qatlami utga chidamli g‘ishtdan, urta qatlami-diatomitli g‘ishtdan va tashqi qatlami-qizil g‘ishtdan ishlanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, sanoat pechlarining ko‘pchiligi past foydali ish koeffitsientiga ega - ularning amaldagi qiymatlari 6-30% ga teng. Nazariy jihatdan esa juda yuqori F.I.K larga erishish mumkin. Bu sohada erishilgan bilimlar darajasi 75% va undan yuqori F.I.K.li pechlarni qurish imkonini beradi. Ma’lumki, sanoat pechlari va shu kabi yuqori haroratli qurilmalar juda ko‘p miqdorda yuqori sifatli yoqilg‘ilarni iste’mol qiladi, shu sababli ularning tejamkorligini oshirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega. 1> Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling