X- bob. Sanoatpechining
Download 1.76 Mb.
|
10-11-bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Optimallashdan maqsad
Uchinchi sinfga metodik pechlardagi qizdirish holatlarini kiritish mumkin (11.3-rasm, g).
Klassik talqin bо‘yicha pechning bunday ish holatlari metallnnng metodik, ikkita payvandlanish va qizib toblanish qismlaridan о‘tishini о‘z ichiga oladi. Metodik zonada metall qizigan gazlarning о‘zgaruvchan haroratida qizdiriladi. Payvandlanish qismlarida ba’zi xarakterli va о‘zgarmas haroratlar Tg1 va Tg2о‘rnatiladi. Metodik pechning qizitib toblash qismida odatda Tox=const sharoiti saqlanadi. EHM dan foydalanish pechning qizitib toblash va payvandlanish qismlaridagi yoqilg‘i sarfini chegaraviy shartlar sifatida qabul qilishni va metallni qizdirish jarayonining boshidan oxirigacha xarakterli uzluksiz qonun ( ) amal qilishini ta’minlaydi. Avval ta’kidlanganidek, optimallashning turli mezonlarini tanlash mumkin.Masalan, optimallash mezoni sifatida metallni to oxirgi harorat Tox gacha qizdirish uchun sarflanadigan minimal vaqt qabul qilinishi mumkin. Bu ish holati katta yoqilg‘i sarfi bilan amalga oshirilishi mumkin. Boshqa hollarda optimallashning mezoni qilib yoqilg‘ining minimal sarfi va metallning minimal kuyishi qabul qilinadi. “Aniq” ish holatlari ma’lum, ularda metall massasi uchun berilgan о‘rtacha haroratga nisbatan metall kesimidagi haroratning og‘ishi minimal qiymatda bо‘ladi. YuHQning ish holati bilan yokilg‘ining sarfi, metallning kuyishi va qurilma unumdorligi о‘rtasidagi bog‘liklikni hisobga oluvchi universal mezon -keltirilgan xarajatlardir. Optimallashdan maqsad - optimallashning qabul qilingan mezonini minimumlashtiruvchi funksional ( ) ni topishdan iborat. Kо‘rilayotgan masalaning xususiyatlariga qarab bu funksionalni hisoblashning klassik variatsion usullari bilan yoki L.S.Pontryagin taklif qilgan maksimumlik prinsipi yordamida aniqlash mumkin. Ammo masalaning analitik yechimini faqat juda oddiy hollardagina topish mumkin. Shuning uchun amaliy masalalarning optimal yechimini sonli usullar asosida topiladi. Optimallashning eng samarali usullaridan biri - tо‘g‘ri usuldir; unda funksional ( ) ketma-ket yaxshilanishi (aniqlashishi) ning interatsion jarayoni amalga oshiriladi. Qizdirishning optimal holatini topish uchun ( ) niо‘zgartirish yо‘li bilan optimallash mezonining global (keng qamravli) ekstremumi aniqlanadi. 11.4-rasmda YuHQ ning ayrim ish holatlarida haroratning vaqtga bog‘liqligi keltirilgan. ( ) ning о‘zgarish qonuniyati quyidagi egri chiziqli tenglik bilan ifodalanishi mumkin: ( ) = T0 + v1 + v2 ; bunda: v1 = v2 ox + (T0x - T0) / oxbо‘ladi - ikkinchi koeffitsiyent (v2) ning qiymati vaqt ox/2 bо‘lganda yuzaning berilgan harorati asosida aniqlanadi. Masalan, T = 0,5 (Tox + T0) bо‘lsa, v2 = 0 bо‘ladi. Vaqt ox/2 bо‘lgan paytda haroratni ma’lum qiymatga oshirib yoki kamaytirib, v2 koeffitsiyenti orqali qurilmaning ish holati ( ) niо‘zgartirish mumkin. Bir maromdagi qizdirish holatlari uchun ( )ni approksimatsiya qilish mumkin. Umumiy holda ifodani uchinchi darajali polinom bilan aproksimatsiya qilish lozim. Bu paytda ox/3 va 2 ox/3 vaqtlarga tо‘g‘ri keluvchi ikkita harorat о‘zgartiriladi, bu esa variantlar sonini va EHM da sarflanadigan vaqtni keskin orttiradi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling