X bob. Jahon jinoiy xo‘jaligi
Tovar markalarini qalbakilashtirish
Download 362.91 Kb. Pdf ko'rish
|
Hufyona iqtisoiyot-12 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noqonuniy migratsiya
Tovar markalarini qalbakilashtirish. Hisob-kitoblar bo‘yicha
mashhur, katta talabga ega tovar markalarini qalbakilashtirish jahon savdosining 8 foizini tashkil etadi – bu taxminan har yili 200 mlrd.AQSh dollarini tashkil etadi. Arzon qalbaki mahsulotlarning asosiy qismi “uchinchi dunyo” mamlakatlariga (Xitoy va boshqa Sharq mamlakatlari) to‘g‘ri kelib, ular shu faoliyat orqali jahon bozoriga chiqishning qo‘shimcha imkoniyati sifatida foydalanishadi. Noqonuniy migratsiya. 1990-yillarda BMT tomonidan tadqiqotlar bo‘yicha noqonuniy migratsiyaning jahon tizimi orqali har yili taxminan 4 mln.kishi o‘tgan, va ushbu jinoiy biznes tashkilotchilariga 7 mlrd.dollar hajmda daromad keltirgan. “Uchinchi dunyo” mamlakatlaridan kelgan noqonuniy migrantlar rivojlangan mamlakatlarda to‘planib, juda kuchli “maxfiy birlashma”ni tashkil etadilar, va ushbu birlashmalar qonuniy xo‘jalik tizimiga juda past sur’atlarda integratsiyalashib borishadi. AQShning migratsiya va boshqa fuqarolikka o‘tkazish xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra 1996 yilda ushbu mamlakatda hujjati yo‘q bo‘lgan chet el fuqarolari taxminan 5 mln.kishini tashkil etib, bu ko‘rsatkich mamlakat aholisining taxminan 2 foizni tashkil etadi. Noqonuniy migratsiyaning alohida turi sifatida xalqaro ayollar savdosi hisoblanadi (1990-yillar oxirida ushbu savdoning hajmi yiliga 700- 800 ming kishini tashkil etgan). Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda jahonda xalqaro migrantlar soni 272 million kishiga yetdi. Bu esa 2010 yilga nisbatan 51 million kishiga ko‘pdir. Xalqaro migrantlar butun dunyo aholisining 3,5%ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich 2000 yilda 2,8%ni tashkil etgan 193 . Xalqaro migrantlar sonining o‘sib borishiga sabab, bir tomondan rivojlanayotgan (Janub) mamlakatlaridagi ishsizlik darajasining yuqoriligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan rivojlangan (Shimol) mamlakatlarida ish kuchining yetishmasligi va malakasiz hamda kam malakali ishchi kuchlariga talabning ortib borayotganligidir. Xalqaro migrantlarning katta qismi norasmiy, noqonuniy migrantlar tashkil etadi. Buning natijasida odam savdosi ham kuchayib bormoqda. Bu muammo O‘zbekistonga ham tegishli bo‘lib, migrantlar soni yildan –yilga ko‘payib bormoqda. 2020 yil boshida O‘zbekistonda mehnat bozorida 13,6 million kishi ish bilan band bo‘lib, ulardan 5,6 million nafari rasmiy va 7,9 million nafari norasmiy sektorda, shu jumladan, 2,6 million kishi mehnat migranti sifatida faoliyat yuritmoqda. Migratsiya koeffitsiyenti taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 7%ni tashkil qiladi. Migratsiya koeffitsiyenti O‘zbekistonda jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan (3,2%) va aholi jon boshiga o‘rtacha darajadagi daromad to‘g‘ri keladigan boshqa mamlakatlardagi ko‘rsatkichlardan (2,7%) ikki barobar yuqori. Vizasiz tartib, tarixiy o‘zaro aloqa va rus tilini bilishi tufayli o‘zbek migrantlarining katta qismi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda 194 (qarang: 10.2.2-rasm). 193 Qarang: International Organization for Migration (IOM), The UN Migration Agency. World migration report 2019. International Organization for Migration. 17 route des Morillons. P.O. Box 17.1211 Geneva 19 194 Qarang: Муҳитдинов Э.М. Аҳолини иш билан бандлигини таъминлашда меҳнат миграциясининг роли. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати.-Т., 2019.-17-бет. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling