X bob O‘rnatilgan operatsion tizimga kirish
Ko‘p vazifalikning asosiy to‘rt talablari
Download 157.38 Kb.
|
X bob O‘rnatilgan operatsion tizimga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.3. Operatsion tizimlarda jarayon tushunchasi va ularni boshqarish
10.2. Ko‘p vazifalikning asosiy to‘rt talablari
Ko‘p vazifalikka asosiy talablar uchta: kontekstni almashtirish, aloqa va prioritetlarni boshqarish. Mazkur uchta funktsiya va to‘rtinchisi – vaqtni boshqarish – real vaqt sohasidagi talab etilgan parametr hisoblanadi. Mazkur talablarning har birini qayta ishlashning uch funktsiyasi muvaffaqiyatli real vaqt masshtabida ishlash uchun ishlab chiqilishi kerak. Kontekstni almashtirish. Protsessor dasturni bajarayotganida, bajarish bilan bog‘liq bir necha registrlar ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi. Ular o‘z ichiga ishchi registrlarni, buyruqlar hisoblagichini, tizim holati registrini, stek ko‘rsatkichini va qiymatini oladi. Aloqa. Ko‘p vazifali tizimning boshqa talabi vazifalarning bir-biri bilan aloqasi hisoblanadi Prioritetlarni boshqarish. Prioritetlar menejeri kontekst bilan birgalikda ishlaydi va navbat bo‘yicha qaysi vazifaning bajarilishini aniqlaydi. Vaqt boshqaruvi. Real vaqt tizimidagi ko‘pvazifalikning so‘nggi talabi boshqarishni sinxronlash hisoblanadi. Bu talab masalalarning bajarilish muddatiga mas’ul hisoblanadi. Ustivorlikni belgilovchi menejer qaysi vazifa keyingi ekanini belgilab beradi, lekin aynan vaqt nazoratchisi bajarilish tartibini belgilab beradi, ya’ni vazifa qachon bajarilishini sozlaydi. Rollar orasidagi bu farq bir qadar noaniq bo‘lishi mumkin. Ammo quyidagini eslab qolish muhim: vaqt nazoratchisi vazifaning qachon bajarilishini aniqlaydi, ustuvorlik nazoratchisi esa vazifaning bajarilganligini aniqlaydi. Vaqt nazoratchisi va ustuvorlik menejeri talablarini muvozanatlash kamdan-kam hollarda sodda va oson. Real vaqt tizimlarida ko‘p hollarda har xil tezlik bilan ishlaydigan, o‘zaro aloqada bo‘lgan asinxron (vaqt bo‘yicha mos kelmaydigan) vazifalarga ega bo‘ladilar. Lekin, diqqat bilan loyihalash va testlash yordamida vaqt va ustivrlikni muvozanatlagan real vaqt tizimi ishlab chiqilishi mumkin. 10.3. Operatsion tizimlarda jarayon tushunchasi va ularni boshqarish Hisoblash mashinasining ishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan operatsion tizimning (OT) muhim qismi jarayonlarni boshqarish tarkibiy tizimi hisoblanadi. Jarayon (boshqacha aytganda vazifa yoki masala) bajarilayotgan dasturni tavsiflovchi abstraktsiyadir. OT uchun jarayon uning ish birligi yoki tizim zahiralariga talab uchun so‘rov hisoblanadi.Jarayonlarni boshqarish qismiy tizimi jarayonlar bajarilishini rejalashtiradi, ya’ni tizimda bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lgan jarayonlar o‘rtasida protsessor vaqtini taqsimlaydi. Bundan tashqari, jarayonlarni yaratish va yo‘qotishga mas’ul hisoblanadi, jarayonlarni tizim zahiralari bilan ta’minlaydi, jarayonlar orasida o‘zaro mutanosiblikni qzllab-quvvatlaydi. Ko‘pvazifali tizimda jarayon uch asosiy holatlardan birida bo‘lishi mumkin: Bajarilish – jarayonnning faol holati bo‘lib, bu holatda jarayon barcha zaruriy zahiralarga ega bo‘ladi va protsessor tomonidan bajariladi. Kutish – jarayonning passiv holati bo‘lib, jarayon bloklangan holatda bo‘ladi. Bu holatda jarayon ichki sabablar tufayli bajarila olmaydi, u biror hodisaning amalga oshishini kutadi, masalan, kiritish-chiqarish amalining tugallanishi, boshqa jarayonda xabar qabul qilish yoki unga kerakli biror zahiraning bo‘shashini kutish va h.k. Tayyorlik – bu ham jarayonning passiv holati bo‘lib, bu holatda jarayon tashqi sabablar tufayli bloklanadi: jarayon unga kerakli barcha zahiralarga ega va bajarilishga tayyor, ammo protsessor boshq jarayonni bajarish iblan band bo‘ladi. Hayoti tsiklida har bir jarayon biror OT uchun mo‘ljallangan jarayonlarni rejalashtirish algoritmiga muvofiq bir holatdan ikkinchisiga o‘tib turadi. Jarayonlar holatining tipik holati grafi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan (2-rasm): 10.2-rasm. Ko‘pmasalali muhitda jarayon holatlari grafi domenlari va ob’ekt kontekstlari orasidagi munosabat tavsiflanadi Download 157.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling