X bob. Yo‘l haqi va bagajlarni тashish тayanch so‘zlar va iboralar
Тashishlarning turlari va ularni tashkil etish
Download 307.04 Kb.
|
ЙТЗТ 10.1-мавзу
10.2. Тashishlarning turlari va ularni tashkil etish
Yo‘lovchilarning ayrim toifalariga transportda imtiyozli (shu jumladan bepul) yurish huquqi beriladi. Avtomobil transportida imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar toifalari va ushbu imtiyozlarni berish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi (30.08.1996 y. №278-I) Qonuniga muvofiq shahar yo’lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga quyidagi fuqarolar egalar: - 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo’lmish harbiy xizmatchilar; - 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs; - 1941-1945 yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar; - Afg’oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalmilalchi jangchilar jumlasidan bo’lmish fuqarolar; - haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilar, starshinalar, praporshchiklar, katta praporshchiklar, michmanlar va katta michmanlar; - Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar; - ko’zi ojiz nogironlar va ko’zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxslar. O’zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi (29.08.1998 y. №674-I) Qonuniga muvofiq yo‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega: - tashuvchi to`g`risida zarur bo`lgan axborotni olish; - tashuvchini erkin tanlash va tashish uchun shartnoma tuzish; - qoidalarda yoki tashish shartnomasida belgilangan tarzda tashuvchi tomonidan o`z vaqtida va sifatli xizmat ko`rsatilishidan bahramand bo`lish; - tashish tufayli yetkazilgan ziyonni va ma'naviy zararni qonun hujjatlariga muvofiq to`lattirish va qoplattirish; - tashish shartnomasida ko`rsatib o`tilgan shartlar tashuvchi tomonidan buzilgan taqdirda xizmatlar ko`rsatilishidan voz kechish; - o`z huquqlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish; - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish. Yo`lovchilar tashish chog`ida yo`lovchi quyidagi huquqlarga ham ega: - yo`lovchilar tashish uchun ochiq bo`lgan har qanday yo`nalishga chipta sotib olish, chiptada belgilangan joyni egallash; - shahar va shahar atrofi yo`nalishlaridagi avtobuslarda yetti yoshgacha bo`lgan bolalarni o`zi bilan bepul olib yurish; - shaharlararo va xalqaro yo`nalishlardagi avtobusda besh yoshgacha bo`lgan bir bolani alohida joy berilmagan holda bepul olib yurish, besh yoshdan o`n yoshgacha bo`lgan bola uchun alohida joy berilgan holda chipta to`liq qiymatining 50 foizini to`lab chipta sotib olish va o`n yoshgacha bo`lgan ikki yoki undan ortiq bola olib yurilganda ulardan biri bepul olib yuriladi, qolganlari uchun - alohida joy berilgan holda chipta to`liq qiymatining 50 foizini to`lab chipta sotib olinadi; - shahar va shahar atrofi yo`nalishlarida yigirma kilogrammdan oshmaydigan og`irlikdagi bagajni, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlarda - belgilangan o`lchamlardagi bagajning bir o`rnini o`zi bilan bepul, ko`rsatib o`tilgan normalardagidan ortiqcha bagajni esa -haq evaziga olib yurish; - tashish boshlanmasidan oldin chiptani topshirish va uning uchun to`langan summani qaytarib olish. To`langan summaning tashuvchi tomonidan qaytarilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi; - yo`lovchilarni tashuvchi reyslar kechikkan yoki bekor qilingan taqdirda yetkazilgan ziyonni va ma'naviy zararni qonun hujjatlariga muvofiq to`lattirish va qoplattirish. Muntazam yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlaridagi avtotransport vositalarida yurishda yo‘lovchi yo‘l chiptasi sotib olishi, uni butun yo‘lda yurish vaqti davomida saqlashi va uni nazoratchining talabiga ko‘ra ko‘rsatishi shart. Yo‘lovchilar yo‘l chiptalarini kassalardan yoki chiptachidan (haydovchidan) sotib oladi. Yo‘nalishdagi avtotransport vositasi nosoz bo‘lgan taqdirda yo‘lovchilarga berilgan yo‘lda yurish hujjatlari aynan shu yo‘nalishdagi boshqa avtotransport vositasida yurish uchun haqiqiy hisoblanadi. Yo‘lovchilarni boshqa avtotransport vositasiga o‘tkazish nosoz avtotransport vositasining haydovchisi tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar yo‘qotib qo‘ygan chiptalari tiklanmaydi, ular uchun to‘langan pul qaytarib berilmaydi. Download 307.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling