X. E. Xujamatov Toshkent 2023
Download 410,85 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzluksiz elektr ta’minoti manbalari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI “KOMPYUTER TIZIMLARI” kafedrasi Bioinformatika va biomexanika fanidan tayyorlagan “Uzluksiz elektr ta’minoti tizimlatida akkumulyatorlar va dizel generatorlarining ishlatilishi” mavzusidagi mustaqil ish uchun XISOBOTI 210-20-guruh talabasi Ibodov Sardor KT kafedrasi asistenti X.E.Xujamatov Toshkent – 2023 Reja: 1. Uzluksiz energiya ta’minot manbalari 2. Aloqa sohasining elektr ta’minoti 3. Akkumulyatolar, dizel generatorlar va ularning turlari Uzluksiz elektr ta’minoti manbalari Elektron vositalari zarurat holatlarda ma’lum vaqtda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanishi kerak. Ushbu maqsadda turli xil uzluksiz elektr ta’minoti manbalari (UETM) qо‘llaniladi. Xorijda UETMlarni belgilashi uchun UPS abbreviaturasidan foydalaniladi (Uninterruptable Power Supply). Chiqish tokining turiga qarab UETMlar о‘zgaruvchan va о‘zgarmas tok UETMlariga bо‘linadi. UETMning yuklama bilan moslashtirish talabi UETM chiqishidagi elektr energiyasining sifat kо‘rsatkichlar bilan belgilangan. Bunday talablarga chiqish kuchlanishining nostabilligi va pulsatsiyasining qiymatlari, chiqish tokining о‘zgarish diapazoni, chiqish tokining qiymati va chastotasining nostabilligi kiradi. UETM qurilmasining yuklamasi telekommunikatsion vosita hisoblanadi va bu vosita kirishiga ta’minot manbai qо‘yiladi. О‘zgaruvchan tok tarmoqlarida kо‘pincha ta’minot manbai kirish zanjirida sig‘im filtrli rostlanmaydigan tо‘g‘rilagich bо‘ladi, shuning uchun ular iste’mol qiladigan tok shakli sinusoidal shakldan farq qiladi. Yuklama tomonidan chiziqli va nochiziqli yuklamalar uchun chiqish kuchlanishi garmonikalar koeffitsiyentlarining berilgan qiymatlarini saqlash talabi UETM qurilmasiga qо‘yiladi. UETM qurilmasining tarmoqqa nisbatan ta’siri uning kirishidagi elektr energiyasining sifatiga talabi orqali aniqlanadi. Bu talablar UETMlar kirishidagi quvvat koeffitsiyenti bilan bog‘liq va ular iste’mol qiluvchi tokning garmonika koeffitsiyentini bildiradi. Qabul qilingan atama bо‘yicha UETM qurilmalari ikki sinfga ajratiladi: offline va online. Offline sinfidagi qurilmada tarmoqning elektr energiyasi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri istemolchiga normal rejimda beriladi, avariya rejimida esa sinusoidal kuchlanish generatori ulanadi (2..10 ms). Online sinfidagi qurilmada tarmoqning har qanday rejimida yuklamaga chastota, kuchlanish va sinusoidal shakl bо‘yicha stabil elektr energiyasi beriladi. Har ikkala turdagi UETMlarda tarmoq tо‘g‘rilangan kuchlanishini sinusoidal chiqish kuchlanishiga aylantiruvchi invertorlar bor. Tarmoq tо‘g‘rilagichiga akkumulyator batareyasi ulanadi. Off line sinfidagi UETMlarda invertor faqat tarmoq kuchlanishi talab qilingan qiymatdan kichik bо‘lganda ulanadi. On line turdagi UETMlarda esa invertor doimo ishlaydi. Shu sababli bunda tarmoq bilan galvanik bog‘lanish ortiqcha yuklamalardan va tarmoq kuchlanishining keskin о‘zgarishidan himoyalash ta’minlanadi. О‘zgaruvchan tok UETMlarining tuzilish sxemalari a-rasmdagi sxemada zaxira zanjirini akkumulyator batareyasi (AB) va invetor (I) tashkil qiladi. Agar tarmoq kuchlanishi о‘rnatilgan chegaralarda bо‘lsa, u holda yuklama elektr energiyasini kommutator (K) orqali о‘zgaruvchan tok tarmog‘idan oladi. Bu holda invertor akkumulyatorlarini zaryadlash orqali tо‘g‘rilagich rejimda ishlaydi. Tarmoq kuchlanishi belgilangan qiymatidan kamaysa, kommutator tarmoqni yuklamadan uzadi. Yuklamaga elektr energiyasi invertor orqali akkumulyator batareyasidan beriladi. b-rasmda tasvirlangan qurilmada normal elektr ta’minotida yuklamaga elektr energiyasi tarmoqdan ketma-ket ulangan boshqariluvchi tо‘g‘rilagich (BT) va invertor (I) orqali beriladi. Bunda kommutator uzilgan holatda va akkumulyator batareyasi tarmoqdan (T) tо‘g‘rilagich orqali zaryadlanadi. Tarmoq kuchlanishi talab qilingan qiymatdan kamayganda kommutator akkumulyator batareyasini invertorga ulaydi. v-rasmda tasvirlangan sxemada akkumulyator batareyasini zaryadlash boshqariluvchi tо‘g‘rilagich (BT) orqali amalga oshiriladi. Yuklamaga tarmoqdan elektr energiyasi berilganda K1 kommutator ulangan, K2 kommutator esa uzilgan bо‘ladi. Elektr ta’minoti akkumlyator batareyasiga о‘tganda K1 kommutator uziladi, K2 kommutator ulanadi. v-rasmda tasvirlangan sxemada akkumulyator batareyasini zaryadlash BT boshqariluvchi tо‘g‘rilagich orqali amalga oshiriladi. Yuklamaga tarmoqdan elektor energiyasi berilganda K1 kommutator ulangan, K2 kommutator esa uzilgan bо‘ladi. Elektr ta’minoti akkumulyator batareyasiga о‘tganda K1 kommutator uziladi, K2 kommutator ulanadi. g-rasmda ikkita asosiy va zaxira tarmoqqa ega bо‘lgan UETM sxemasi keltirilgan. Normal elektr ta’minotida K1 kommutator ulangan, K2 kommutator uzilgan bо‘lib, yuklamaga kuchlanish asosiy tarmoqdan beriladi. Asosiy tarmoq kuchlanishi talab qilingan qiymatdan kamayganda kommutatorlar qayta ulanadi va yuklama rezerv tarmoqqa ulanadi. d-rasmda tasvirlangan UETM sxemasi katta yuklama quvvatlarida qо‘llaniladi. I1 va I2 invertorlar chiqish sinfaz kuchlanishlarini bir xil parametrlariga ega bо‘lib, ular K3 va K4 kommutatorlarning parallel ishlashiga mos ulanadi. О‘zgarmas tok UETMlarining tuzilish sxemalari Download 410,85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling