X. E. Xujamatov Toshkent 2023


Aloqa sohasining elektr ta’minoti


Download 410.85 Kb.
bet2/6
Sana09.06.2023
Hajmi410.85 Kb.
#1468609
1   2   3   4   5   6
Aloqa sohasining elektr ta’minoti
Aloqa sohasining faoliyatida turli telekommunikatsiya apparatlar (ma’lum sig‘imli telefon stansiyalari, serverlar, kommutatorlar va boshqalar)dan foydalaniladi. Bunday qurilmalar doimiy ishchi holatida bо‘ladi va uzluksiz elektr manbaasi bilan ta’minlanishi zarur.
Telekommunikatsiya apparatlari uchun birlamchi manbai ta’minoti sifatida elektr tarmog‘idan foydalaniladi. Elektr energiyasining ikkilamchi manba ta’minoti sifatida akkumulyatorlarning zaxiralangan energiyasidan foydalaniladi va shu qatorda dizel generatorlari, shamol generatorlari, quyosh energiyalaridan foydalanish ham mumkin. Elektr tarmog‘idan olinadigan energiya yordamida, telekommunikatsiya apparatlari ishlaydi va akkumulyatorlarga energiya zaxirasi yig‘iladi. Ikkilamchi energiya manbai zaxirasini saqlash uchun, doimiy manba ta’minoti elektr tarmog‘idan olinadi. Elektr tarmog‘ida energiya ta’minotining uzilishi yuz berganda telekommunikatsiya apparatlari ikkilamchi manbai bilan ta’minlanadi.
Elektr tarmog‘idagi bir fazali о‘zgaruvchan ~220V kuchlanishdan foydalanib, telekommunikatsiya apparatlarini manba bilan ta’minlash mumkin. Fazalararo о‘zgaruvchan ~380V kuchlanishni hosil qiladigan uch fazali elektr tarmog‘ining nolga nisbatan har bir fazasidagi о‘zgaruvchan ~220V kuchlanishdan foydalanib, umumiy quvvatdagi energiyani telekommunikatsiya apparatlariga ulash, bugungi kunda amaldagi ishlardan biridir.
«О‘zbektelekom» AKning filiallarida (masalan: Toshkent, Andijon, Surxondaryo, Sirdaryo, Navoiy va boshqa filiallarida) ZTE, Huawei nomli avtomat telefon stansiyalari mavjud va bu stansiyalar о‘zgarmas –48V kuchlanish bilan ishlaydi. Telefon stansiyasini manba bilan ta’minlash uchun, elektr tarmog‘idagi о‘zgaruvchan ~220V kuchlanishdan foydalaniladi. Buning uchun о‘zgaruvchan ~220V kuchlanishni, о‘zgarmas –48V kuchlanishga о‘zgartiradigan, impulsli kuchlanishni о‘zgartirgich(IKО‘)lar manba ta’minoti sifatida ishlaydi. IKО‘larning о‘zgaruvchan ~220V kuchlanishga ulanadigan klemmalari, kirish klemmalari deyiladi. Stansiyaga о‘zgarmas -48V kuchlanish uzatadigan klemmalari, chiqish klemmalari deyiladi.
Umumiy iste’mol quvvati P bо‘lgan Huawei telefon stansiyasini manba bilan ta’minlash uchun, har birining umimiy chiqish quvvati 0,2P bо‘lgan beshta IKО‘ qurilmalaridan foydalanilgan. Telefon stansiyasining –48V kuchlanish ulanadigan kirish klemmalariga, IKО‘ning –48V kuchlanish beradigan chiqish klemmalari ulangan. Stansiyaning zaruriy iste’mol quvvati Pni, chiqish quvvati 0.2P bо‘lgan IKО‘lar yordamida tashkil qilish uchun, IKО‘larning chiqish klemmalari parallel ravishda ulangan (1-rasm).


Download 410.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling