X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, G. Mamatova, H. Boqiyeva, A. Sobirova husnixa t va uni o'qitish


Download 177.43 Kb.
bet4/38
Sana17.06.2023
Hajmi177.43 Kb.
#1521597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
M e t o d I k a s I

O'zbek yozuvi tarixi O'rta Osiyo xalqlari yozuvning tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Eramizdan avvalgi I ming yillik o'rtalarida Eron, O'rta Osiyo va boshqa o'lkalarda oromiy yozuvi tarqala boshladi. Turli yodgorliklarda qayd etilishicha eramizdan oldingi 1-111 asrlarda oromoy yozuvi bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvlari ham ishlatilgan.
Oromiy yozuvi negizida bir qator mahalliy yozuvlar vujudga kela boshladi. Avesto, Xorazm, Sug'd, kushon, run, uyg'ur yozuvi va boshqa yozuvlar shular jumlasidandir.
Xorazm yozuvi oromiy yozuvining eng qadimiy an'analari saqlab qolgan yozuvdir. Hozirgi eramizdan boshlab sug'd yozuvi qo'llanila boshlandi. Bu yozuv taxminan VI asrlargacha davom etdi. II asming oxiri III asming boshlarida Xorazm shohi chiqargan pullarda Xorazm yozuvi uchraydi.
V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlaming O'rxun-Enasoy yozuvidan keng foydalanganlar. Bu yozuv fanda "turkiy-run" yozuvi deb ham yuritiladi. Enasoy daryosi qirg'oqlaridagi O'rxun yozuvi yodgorliklari haqida rus xizmatchisi Remezov XVIII asming oxirida xabar bergan. Ammo uzoq vaqt mobaynida olimlar bu yodgorliklami o'qiy olishmagan.
1892-1893-yillarda daniyalik olim Vilgeli Tomson, rus olimi V.V.Radlov yodgorlikdagi yozuvlami o'qishga muyassar bo'ldilar. O'rxun-Enasoy yozuvi turkiy xalqlaming eng katta markaziy yodgorligi hisoblanadi.
VII-VIII asrlarda O'rta Osiyo arablar tomonidan istilo qilindi. Shu davrdan boshlab O'rta Osiyo jumladan o'zbek xalqi ham arab yozuvidan foydalanila boshladi. Xalqimiz bu alifbodan 1200 yil foydalanildi.
Arab alifbosi yozilishi jihatdan murakkab bo'lishi bilan birga, o'zbek tilining tovushlarini to'la ifoda eta olmagan edi. Shu jihatlarini e'tiborga olgan ilg'or fikrli kishilar arab alifbosi yuzasidan o'z fikrlarini bildirishga harakat· qilganlar. Chunonchi, Bobur o'zining "Xatti Boburiy" yozuvini yaratdi. Ammo bu yozuv amaliyotda joriy qilinmadi.
1926-yil iyun oyida O'zbekiston Markaziy ljroiya Qo'mitasining lotin harflari asosida yangi alifboni qabul qilish haqida qaror qabul qilindi.
O'zbekistonda arab yozuvidan lotin harflariga asoslangan o'zbek alifbosiga o'tish ishlari 1930 yilning birinchi yarmida to'liq amalga oshirildi. Ammo, bu yozuvdan ham uzoq foydalanilmadi. 1940 yil 8 mayda amaldagi o'zbek yozuvi yangi alifboga o'tish haqidagi yangi alifboga o'tish haqidagi qonun qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillik e'lon qilinganidan so'ng lotin yozuvi asosidagi o'zbek alifbosi masalasini o'rtaga qo'ydi. Bu masala O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-3-sentabrdagi 12 chaqiriq 13- sessiyasida muhokama qilinib "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi qaror qabul qilindi. Mazkur qaromi amaliyotga joriy qilish borasida qizg'in ishlar olib borildi. "O'zbek tilini asosiy imlo qoidalari"ni xozirlash jarayonida alifbodagi ayrim harflar ularning shakllari yuzasidan fikr mulohazalar paydo bo'ldi. Mana shular asosida "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi qarorga o'zgartirishlaming kiritilishi to'g'risida qaror qabul qilindi.

Download 177.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling