X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, G. Mamatova, H. Boqiyeva, A. Sobirova husnixa t va uni o'qitish


Download 177.43 Kb.
bet7/38
Sana17.06.2023
Hajmi177.43 Kb.
#1521597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Bog'liq
M e t o d I k a s I

Hirot xattotlik maktabi. Hirot Xurosonning eng katta va mashhur shaharlaridan bo'lib, olimlar, fozillar, shoirlar va xattotlar bilan to'lgan xushmanzara bog'-bo'stonlari, turli meva va suvlarining ko'pligi bilan shuxrat qozongan.
14
Xurosonning katta qismidagi markaziy shaharlardan yana biri Marv Shohjon (Turkmaniston)dir. Yoqut Hamaviyning aytishicha, al mavron *(ikki marv) degan so'z bo'lib, biri Marvrud ikkinchisi Marv shohjondir.
Yoqut shunday deydi: «Marvda ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan qimmatli kitoblar juda ko'p edi. Menu yerdan ketgan vaqtimda (1220-yilda) vaqfqilingan IO ta kutubxona bor ediki, dunyoda kitobning ko'pligi va yaxshiligi jihatidan unday joyni ko'nnaganman. Ular quyidagicha:
I. Katta jomega qarashli 2ta kutubxona bo'lib, biri Sulton Sanjar xodimlaridan Aziziddin Abu Bakr Zanjoniy nomiga qo'yilgan. Unda 12 ming jildga yaqin qo'lyozma kitoblar saqlanadi.

  1. Al-Kamoliya kutubxonasi (kimga nisbat berilganligi ma'lum emas).

  2. 1100-yilda vafot etgan Al Mustavfiy Abulsa'd Muhammad ibn Mansurning madrasasidagi kutubxona.

  3. Nizom al-Mulk Hasan binni Is'hoqning madrasasidagi kutubxona.

  4. Somoniylarga tegishli ikki kutubxona.

  5. AI-Amidiyya madrasasidagi kutubxona.

  6. Marvdagi oxirgi vazirlardan Majdi mulkning kutubxonasi.

  7. Madrasa Xotuniyadagi kutubxona.

  8. Yana u yerda Az-Zamiriya kutubxonasi. Bulaming hammasi 1221- yilda mo'g'ullar tomonidan xarob etilgan».

Ahmad Tayibshoh Movarounnahriy bir necha xatga, ayniqsa, suls xatiga ravshanlik kiritgan. 1215- yilda vafot etgan. Ba'zilar bu xattotni lbrohim shoh Tayib Ahmad deydilar.
Mavlono Yusuf Xurosoniy xattot Yoqutning mashhur shogirdlaridandir. Ustozi bilan bir vaqtda vafot etgan. Yoqut xat bilan 1210 yilda ko'chirilgan
«Kalimoti murtazaviyya» asari Ayoso'fiya kutubxonasida saqlanadi. «Kalimot» bilan birga Ali binni Hilol xatida Salomat ibn Jandal ismli arab shoirning qasidasini ko'chirgan. Bu qasidani 1218- yilda ko'chirib tamomlagan. 1269 yilda vafot etgan.
lbroqim Mirzo Shohrux o'g'li Temur nabiralaridan bo'lib, Sharafiddin Ali Yazdiy shogirdlaridandir. Ulug' tarixchi o'zining «Zafamomaiy Temuriy» asarini Temurga bag'ishlab yozgan. Mirzo lbrohim olti xii xatda tengi yo'q xattot edi. Yoqut uslubiga taqlid qilib, xat san'atida undan o'tib ketgan. U yozgan xat qoldiqlarining ba'zilari hozir ham Sheroz qadimiy binolarida saqlanib qolgan. Xattot 1431- yilda vafot etgan.
Ahmad Rumiy Sulton Boysunqor kitobxonasining xattotlaridan bo'lib, ko'p vaqtlar ulug' kishilar bilan suhbatlashgan.
Sulton Boysunqor Temuriy shahzodalaridandir. U 35 yoshida -1427 yilda vafot etgan. «Davlatshoh tazkira»da ko'rsatilishicha, uning kitobxonasida 40 nafar mashhur xattotlar tun kun kitobat bilan shug'ullanar edilar. Xattotlik, zarafshonlik,


IS
oltin xalash. naqsh, lavha. rasm, miniatyura va boshqa badiiy san'atlar ishlash Boysunqor davrida ravnaq topgan. Istanbulning har bir kutubxonasida hech bo'lmaganda bir nusxa uning davrida ko'chirilgan asari mavjud. Sulton buyrug'i bilan ko'chirilgan qolyozmalardan «Faraj ba'da shiddat»ning tarjimasi va «Nusxat ul-arvox» kitobi diqqatga sazovordir. ·
Mirzo Ulug'bek astronomiya va xandasada o'z davrida yagona bo'lgani kabi Boysunqor Mirzo she'r va xatda o'z davrining eng mashhur kishisi edi.
Eronliklaming aytishicha, to'rt kishi to'rt xatda sulsda Boysunqor Mirzo, nasta'liqda Mir Imod, nasxda Mirzo Ahmad, shikasta xatda Darvesh Abdu Majid Tolqoniy ustod emish.

Download 177.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling